Obama o‘z kitobida AQSh siyosati va o‘zining oilaviy hayoti haqida yozgan. Shuningdek, kitobda uning chet elga safarlarida dunyo rahbarlari bilan uchrashuvlari ham keng yoritilgan. Quyida Obamaning dunyo yetakchilari haqidagi mulohazalari keltiriladi.

Devid Kemeron. Britaniya sobiq bosh vaziri

Devid Kemeron va Barak Obama bilan 2016 yil aprelida Britaniyaga tashrifi vaqtida Uotford yaqinidagi Grove Golf Course klubida golf o‘ynagandi

Konservativlar partiyasi vakili, 2010 yildan 2016 yilgacha Buyuk Britaniya bosh vaziri bo‘lib ishlagan Devid Kemeron haqida Obama «o‘ziga ishongan, hayot sinovlari oldida o‘zining nafis odob-axloqini yo‘qotmagan» deb ta'riflaydi. Obama Kemeron shaxs sifatida unga yoqqani haqida yozadi. «Hatto to‘qnashib ketib boshimni uning boshiga urib olganimda ham u menga yoqqan», deb yozgan Obama.

Shu bilan birga, Obama Buyuk Britaniya rahbari yuritgan iqtisodiy siyosatga qo‘shilmaganini yozadi. «Kemeron an'anaviy erkin bozor siyosatiga to‘la sodiq bo‘lib, o‘z saylovchilariga davlat sektoridagi defitsit va xarajatlarni kamaytirish bo‘yicha o‘z siyosiy platformasi – savdoni tartibga solish va ko‘paytirish islohoti bilan birgalikda Britaniya raqobatbardoshligining yangi davrini boshlab beradi, deb va'da berdi. Biroq shundan so‘ng, Britaniya iqtisodiyoti yanada chuqurroq tanazzulga yuz tutdi», deb yozadi Obama.

Nikolya Sarkozi. Fransiya sobiq prezidenti

Barak Obama Nikolya Sarkozini 2011 yil yanvarida Oq uyda qabul qilgandi / GETTY IMAGES

Fransiyaning sobiq prezidenti Obamaga «hissiy jo‘shqin va ritorikalar yo‘g‘rilgan «Tuluza-Lotrek» suratidagi personajni eslatgan.

«Sarkozi bilan suhbatlar qiziqarli, ikkinchi tarafdan odamni charchatib yuboradi. Uning qo‘llari doimo harakatda, ko‘kragi Bantam xo‘rozidek titrab turardi. Sarkozining shaxsiy tarjimoni esa uning har bir xatti-harakati va ishoralarini takrorlashga urinar edi», deb eslaydi AQShning 44-prezidenti.