Prezident Şavkat Mirziyoyev elektrotexnika va farmatsevtika sohalarida investitsiya loyihalarini jadallaştiriş, raqobatbardoş mahsulotlar işlab çiqariş masalalari yuzasidan yiğiliş ötkazdi.
Rasmiy xabarga köra, mazkur tarmoqlarda işni zamonaviy asosda taşkil etib, yuqori qöşilgan qiymatli mahsulotlar turini kengaytiriş çoralari körilgani natijasida sönggi 3 yilda eksport hajmi 1,7 baravar oşgan. Joriy yilda bu körsatkiç 350 million dollarga yetişi kutilmoqda.
Yiğilişda hali kamçiliklar köpligi, elektrotexnika va farmatsevtika iqtisodiyotda «rivojlaniş nuqtalari» bölişi kerakligi ta'kidlangan.
«Ötgan 10 oyda ikkita soha böyiça 2 milliard dollardan köp import bölgan. Mana şu raqamning özi nima qilişimiz kerakligini körsatib turibdi», – degan Şavkat Mirziyoyev.
Ma'lum bölişiça, joriy yilda elektrotexnika sanoati tarmoğida 55 ta loyiha rejalaştirilgan bölib, şundan 26 tasi yölga qöyilgan, 29 tasining ijrosi keçikmoqda. Prezident bunday qoloqlikning sabablarini sörab, ularni hal etiş böyiça topşiriqlar bergan.
«Elektrotexnika tarmoğining drayver yönalişlarini aniqlab oliş kerakligi qayd etildi.

Bugungi kunda işlab çiqariş murakkab bölmagan va xorijdan olib kelişdagi transport xarajatlari yuqori mahsulotlar importi 500 million dollardan ortadi. «Özeltexsanoat» uyuşmasiga yil yakuniga qadar şunday mahsulotlar röyxatini şakllantirib, Toşkent şahri va Xorazmdagi sanoat zonalarida işlab çiqariş böyiça körsatma berildi.
Mazkur tarmoqdagi eksportni şu yil yakuni bilan 310 million dollarga, kelgusi yil 370 million dollarga yetkaziş vazifasi qöyildi. Bunda dunyoga maşhur onlayn savdo tarmoqlaridan ham foydalaniş, xalqaro tenderlarda qatnaşiş yaxşi samara berişi aytildi. 2021 yilda xalqaro standartlarni joriy etiş uçun laboratoriya va sertifikatlaş markazini taşkil etiş topşiriği berildi», – deyiladi prezident matbuot xizmati xabarida.



















