Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Daimler pandemiya sababli har bir xodimiga ming yevrogacha qo‘shimcha pul beradi
Shartnoma bo‘yicha ishlaydigan 160 ming nafar xodimga dekabrda oylik maoshi bilan birga qo‘shimcha pul mukofotlari beriladi.
Germaniyaning Daimler AG avtokonserni xodimlariga ming yevrogacha miqdorda bir martalik pul mukofotlari beradi.
Konsern koronavirus pandemiyasi sababli qiynalib qolgan xodimlarini ana shu tarzda qo‘llab-quvvatlamoqchi.
Konsernning xabar berishicha, shartnoma bo‘yicha ishlaydigan 160 ming nafar xodimga dekabrda oylik maoshi bilan birga qo‘shimcha pul mukofotlari beriladi.
Qayd etilishicha, Daimler’dan tashqari, unga tegishli Mercedes Benz AG, Daimler Truck AG va Daimler Mobility kompaniyalari hamda Germaniyadagi barcha shu'ba korxonalari rahbarlariga ham mukofot pullari beriladi.
Bir martalik mukofotlar hech qanday soliqlarga tortilmasligi ma'lum qilingan.
Mavzuga oid
20:13 / 19.05.2026
Dunyo yangi global pandemiya ostonasida turibdi – JSST va GPMB
18:48 / 16.05.2026
Hantavirusning tarqalishi jiddiy emas va tez orada barham topishi kerak – JSST
21:02 / 24.07.2025
Olimlar COVID-19 pandemiyasi odamlarning miyasini qaritganini aniqladi
22:58 / 20.05.2025