Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ko‘chmas mulkni ijaraga berish shartnomasini soliq organlarida onlayn ro‘yxatdan o‘tkazish mumkin
Endi jismoniy shaxslar Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalining yangi xizmati orqali ko‘chmas mulkni ijaraga berish shartnomasini soliq organlarida ro‘yxatdan o‘tkazishlari mumkin.
Xizmat to‘liq avtomatlashtirilgan hamda shartnomaning ro‘yxatdan o‘tkazilgani to‘g‘risidagi ma'lumot tezkor taqdim etiladi.
Buning uchun ariza beruvchi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida (my.gov.uz/uz) avtorizatsiyadan o‘tadi va ijaraga beruvchi sifatida ma'lumotlarni to‘ldiradi.
So‘ngra ijaraga oluvchiga shartnoma loyihasi uchun identifikatsiya kodini beradi. Yoki kodni ijaraga oluvchining o‘zi «Ariza (loyiha)ni tekshirish» orqali olishi mumkin.
Ijaraga oluvchi shartnoma loyihasini identifikatsiya kodi yordamida tasdiqlab, arizani to‘ldirishni davom ettiradi va jo‘natadi.
Shartnoma avtomatik ravishda tuziladi. Ro‘yxatdan o‘tgan shartnomani yuklab olish mumkin. Shuningdek, shartnoma muddati tugagach, uni bekor qilish hamda qayta tuzish imkoniyati ham mavjud.
Mavzuga oid
10:45 / 10.06.2026
Ayrim shaharlarda harbiy xizmatchilar uchun ijara kompensatsiyasi oshiriladi
08:30 / 02.06.2026
Suv fondi yerlarini ijaraga berishning yangi tartibi joriy etildi
20:36 / 20.05.2026
Xitoy dunyodagi eng baland gorizontal osmono‘par bino qurilishini yakunladi
14:27 / 20.05.2026