Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yaponiyada oktyabr oyida o‘z joniga qasd qilganlar soni 2020 yilda mamlakatda koronavirusdan vafot etganlar sonidan ham oshib ketdi
Yaponiyada oktyabr oyida o‘z joniga qasd qilganlar soni ushbu mamlakatda butun 2020 yil davomida koronavirusdan vafot etganlar sonidan oshib ketdi. Bu haqda hukumat keltirgan ma'lumotlarga tayanib, CNN nashri xabar bermoqda.
Yaponiya politsiyasining hisobotiga ko‘ra, oktyabr oyida 2153 kishi o‘z joniga qasd qilib, vafot etgan. Yil boshidan buyon koronavirusdan vafot etganlar soni esa 2087 kishiga yetdi. Ta'kidlanishicha, o‘z joniga qasd qilish holatlari o‘tgan yilga nisbatan ayollar orasida 83 foizga, erkak orasida esa 22 foizgacha oshib ketgan.
Mahalliy ekspertlarning aytishicha, o‘z joniga qasd qilish holatlari ko‘payishining asosiy sababi pandemiya tufayli yuzaga kelgan iqtisodiy qiyinchiliklar va qisman xodimlarning ishdan bo‘shatilishi bilan bog‘liq. Shuningdek, bu holat ko‘proq ayollar band bo‘lgan sohalarda yuzaga kelgan inqiroz tufayli, ular ko‘proq ishdan bo‘shatilgani bilan ham izohlanmoqda.
Nashrning ma'lum qilishicha, mart oyida 21 yoshli talaba pandemiya vaqtida ruhan qiynalgan insonlarga yordam berish uchun call-markazni ishga tushiradi. Unga asosan, ishidan ayrilib farzandlarining taqdiridan xavotirlangan onalar va onlayn ta'lim olishda qiynalayotgan o‘quvchilar qo‘ng‘iroq qilishmoqda. Markazga kuniga 200 ga yaqin mijozlar qo‘ng‘iroq qilgan.
Mavzuga oid
18:57 / 15.06.2026
Yaponiya O‘zbekistonda energiya samaradorligini oshirish uchun 230 mln dollar kredit ajratadi
08:43 / 11.06.2026
Jahon neft savdosi markazi Osiyoga ko‘chmoqda
20:36 / 06.06.2026
Talaba vizasining muddati tugagan o‘zbekistonlik Yaponiyadan deportatsiya qilindi
18:54 / 05.06.2026