Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yevroittifoqning O‘zbekistondagi delegatsiyasi atrof-muhit himoyasiga bag‘ishlangan haftalikni boshladi
Parij bitimining 5 yilligi arafasida, 1 dekabr kuni, Yevropa ittifoqining O‘zbekistondagi delegatsiyasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi va O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeologiya xizmati markazi bilan birgalikda #EU4Environment haftaligini boshladi. Haftalik 1 dekabrdan 7 dekabrga qadar davom etadi. Barcha tadbirlar onlayn tarzda o‘tkaziladi.

Iqlim o‘zgarishiga befarq bo‘lmagan yoshlar ishtirokida hafta davomida YeIning Instagram sahifasida #BeTheWave (Hamnafas bo‘l) deb nomlangan maxsus eko-chellenj o‘tkazilib, unda mavzuga oid fikrlar va mulohazalar bilan bo‘lishish mumkin bo‘ladi. Ushbu chellenj Yevropa komissiyasi tomonidan ilgari surilgan global tashabbusning ajralmas qismidir. U insonlarni iqlimga zarar keltirmaydigan oddiy va kundalik amallarni uy sharoitida va jamiyatda bajarishga va Instagram'ning boshqa foydalanuvchilarini ushbu amallarga rioya qilishga chorlaydi.
#EU4Environment haftaligi iqlim o‘zgarishi oqibatlariga omma e'tiborini qaratish va Yevropa ittifoqining bu yo‘nalishdagi muammolarni hal etishga xizmat qiluvchi dasturlarining olib borilishiga qaratilgan. Ushbu o‘ziga xos aksiya, shuningdek, tabiat bilan munosabatlarni qayta ko‘rib chiqish uchun yaxshi turtki. Haftalik global, milliy va shaxsiy darajalarda iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashishni kuchaytirish kerak bo‘lgan harakatlarning eslatmasidir.
Mavzuga oid
09:55 / 20.02.2026
Atrof-muhitga ta’sir masalalari jamoatchilik bilan muhokama qilinadi
18:39 / 03.11.2025
Yevropa ittifoqi O‘zbekistonda kinofestival o‘tkazadi
20:22 / 17.09.2025
Yevroittifoq sharqiy chegaralarda «dron devori» barpo etilishini tezlashtirmoqda
20:25 / 20.06.2025