Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shomurodov OFKning hafta qahramoni so‘rovnomasida yetakchilik qilmoqda
Osiyo futbol konfederatsiyasi rasmiy sayti so‘nggi bir hafta davomida xorij chempionatlarida o‘zini ko‘rsata olgan osiyolik futbolchilarni e'tirof etib, hafta qahramonini aniqlash uchun so‘rovnoma o‘tkazmoqda.
Jumladan, dushanba kuni A Seriya doirasidagi «Jyenoa» - «Parma» (1:2) bahsida Italiya chempionatidagi ilk golini kiritgan Eldor Shomurodov OFK tomonidan Osiyodan tashqarida to‘p surayotgan osiyolik «haftaning eng yaxshi futbolchisi» nominatsiyasida g‘oliblik uchun da'vogarlik qilmoqda.
10 nafar nomzodlar orasida Eldor Shomurodovdan tashqari, Junya Ito (Yaponiya), Takexiro Tomiyasu (Yaponiya), Aver Mabil (Avstraliya), Karim Ansarifard (Eron), Daichi Kamada (Yaponiya), Nikita Rukavitsa (Avstraliya), Ahmad Yosin (Iroq), Shahob Zohidi (Eron), Parvizjon Umarboyev (Tojikiston) nomzodlar bor.
3 dekabr holatiga kelib, Eldor Shomurodov umumiy ovozlarning 36 %ga ega chiqib, bu borada peshqadamlik qilmoqda.

Hafta qahramoni nomi uchun da'vogarlarga quyidagi manzilda ovoz berishingiz mumkin.
Mavzuga oid
19:06 / 08.02.2026
Fayzullayevning assisti va Shomurodovning goli "Istanbul Boshoqshehir"ga g‘alaba keltirdi
12:17 / 01.02.2026
Shomurodovda yana gol, London derbisida mojaro, Salohda rekord. Kun o‘yinlari
18:25 / 30.01.2026
Shomurodov va Kapadze O‘FA tomonidan yilning eng yaxshilari qatoriga kiritildi
18:34 / 14.01.2026