Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoy fazoviy qurilmasi Oydan tuproq namunasi oldi (video)
Xitoyning 24 noyabrda Oyga uchirilgan fazoviy qurilmasi “Chan'e-5” moduli Oy sirtidan tuproq namunalarini olib, u bilan birga Yerning tabiiy yo‘ldoshi sirtidan uchdi.
Foto: CNSA
Modul Oyning ko‘rinadigan tomonidagi Bo‘ronlar okeaniga qo‘ndirilgandi. Oy sirtida burg‘ilash ishlarini amalga oshirish, 2 kgga yaqin tuproq namunasini olish, uni qadoqlash bo‘yicha ishlar 19 soat davom etgan. Modul tuproq olishdan tashqari Oy sirti tarkibini o‘rganish bo‘yicha ishlarni bajargan.
Shundan keyin qurilma Oy sirtidan uni orbitada kutib turgan boshqa modul tomon uchgan. Ushbu modul Oy tuprog‘i solingan kapsulani qabul qilib, u bilan birga Yerga qaytadi. Qurilma Yerga yaqinlashgach, kapsulani tashlaydi. Kapsulani 16 dekabrda Xitoy shimolidagi Ichki Mo‘g‘uliston muxtor tumaniga qo‘ndirish rejalashtirilgan.
2019 yilda Isroilning SpaceIL xususiy kompaniyasi va Hindiston ham o‘z qurilmalarini Oyga jo‘natgandi. Biroq ikkala qurilma ham Oyga qo‘nish vaqtida falokatga uchragan. Faqatgina Xitoyning “Chan'e-4” qurilmasini Oyning ko‘rinmaydigan tomoniga qo‘ndirishga muvaffaq bo‘lingan.
Mavzuga oid
22:07 / 26.02.2026
Xitoyda aholining semizligi tufayli «shakar solig‘i»ni joriy etish taklif qilindi
15:24 / 26.02.2026
Bloomberg: RF va Eron Xitoyga neft sotish uchun narx urushi olib bormoqda
08:52 / 26.02.2026
Mers Xitoyda Pekinni Ukrainada tinchlik uchun RFga ta’sir o‘tkazishga chaqirdi
07:16 / 26.02.2026