Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Italiyada 21 dekabrdan yangi taqiqlar kuchga kiradi: hududlar bo‘ylab harakatlanish to‘xtatiladi
Italiya vazirlar kengashi jumaga o‘tar kechasi Rojdestvo kunlari va yangi yil bayramlari vaqtida mamlakat regionlari orasida harakatlanishni taqiqlash bo‘yicha qaror qabul qildi.
Avvalroq joriy qilingan soat 22:00dan soat 05:00gacha ko‘chaga chiqmaslik talabi ham o‘z kuchida qoladi. Ba'zi regionlarda restoranlar soat 18:00gacha ishlashi mumkin, mamlakatning aksar qismida esa, faqat yetkazish xizmati orqaligina faoliyat ko‘rsatishga ruxsat berilgan.
Bayram kunlari ichki turizmga cheklovlar belgilanishi pandemiya boshlanganidan beri Italiyada o‘limlar soni rekord darajaga yetgani bilan bog‘liq. 3 dekabr kuni koronavirus tufayli 993 kishi vafot etdi.
«Biz ehtiyotkorlikni susaytira olmaymiz. Yanvarda sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan uchinchi to‘lqinning oldini olishimiz kerak. Bunisining oqibatlari birinchi va ikkinchisinikidan kam bo‘lmaydi», deydi Italiya bosh vaziri matbuot anjumanida.
Mamlakat ichida harakatlanishga taqiqlar bo‘yicha istisnolar ham bor: ish yuzasidan, tibbiy sabablar va favqulodda holatlarda.
Fuqarolarga, xususan, Rojdestvo kuni, «Boksing dey» va yangi yil kunlari yashab turgan shaharlarini tark etish man qilindi. Yangi cheklovlar mahalliy boshqaruv organlari tomonidan «maslahatlashilmasdan qabul qilingan qaror» deya baholanib, tanqid bilan qarshi olindi. O‘zaro muloqot yo‘qligi tufayli taqiqlar va oilalarning ehtiyojlari o‘rtasidagi muvozanatni yo‘qqa chiqardi», deyishgan ular.
Shimoliy Lombardiya gubernatori Attilio Fontana yangi qoidalarni «ahmoqona» deb baholadi (vaholanki, koronavirusdan eng ko‘p shikastlangan va vafot etganlar aynan shu hududga to‘g‘ri keladi).
Italiyada shu kunga qadar 58 mingdan ortiq kishi koronavirus tufayli vafot etgan. Rekord darajadagi o‘lim holatlari 27 mart kuni qayd etilgan bo‘lib, o‘shanda 969 bemor hayotdan ko‘z yumgandi.
Mavzuga oid
11:00 / 10.06.2026
Parij isroillik vazirga qarshi sanksiyalar joriy qildi
22:05 / 29.05.2026
Italiya hukumati Sitsiliya mafiyasining millionlab yevro aktivlarini musodara qildi
20:49 / 29.05.2026
Rossiya O‘zbekistonning 10 ta korxonasiga sabzavot va mevalarni olib kirishni taqiqladi
08:45 / 20.05.2026