Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Oyda Xitoy bayrog‘i o‘rnatildi
Xitoyning Oyga uchirilgan “Chan'e-5” qurilmasi Oy sirtida Xitoy bayrog‘ini o‘rnatdi. Bu haqda Xitoy milliy koinot boshqarmasida ma'lum qilindi.
Foto: twitter.com/watchman180
Fazoviy qurilma modullaridan biri Oy sirtiga qo‘nib, undan tuproq namunalarini olgan hamda Oy sirtida 12 gramm keluvchi bayroqni o‘rnatgan. “Chan'e-5” buning isboti sifatida Oyda o‘rnatilgan bayroq suratini Yerga yuborgan.
Bayroq va uning flagshtogi maxsus materialdan ishlangan bo‘lib, bor-yo‘g‘i 12 gramm keladi.
“Chan'e-5” qurilmasi 24 noyabrda “Chanchjen-5” raketasi yordamida orbitaga chiqarilgandi. Qurilmaning qaytariluvchi moduli Oydan olingan tuproq namunasi bilan 16 dekabrda Yerga qo‘nishi rejalashtirilgan.

Agar missiya muvaffaqiyatli yakunlansa, Xitoy 44 yil ichida Oy sirtidan olingan geologik namunalarni Yerga yetkazgan birinchi davlat bo‘ladi.
Mavzuga oid
09:45
Rossiya va Xitoy Ho‘rmuz bo‘g‘ozi bo‘yicha BMT rezolyutsiyasini to‘sdi
08:05 / 07.04.2026
Strategik resurslar xaritasi: nodir yer elementlari kimning qo‘lida?
08:02 / 06.04.2026
Type 96 dronlarga qarshi: Xitoyning 2500 ta tanki yangi himoya bilan jihozlandi
21:16 / 05.04.2026