«Sobiq ittifoq tibbiyoti asosida yuqori natijaga erişib bölmaydi» - Kuvaytdagi şifokor bilan suhbat
|19:31 / 04.12.202029 92424 min
Kuvaytdagi Sabah şifoxonasida anesteziolog-reanimatolog sifatida faoliyat körsatayotgan özbekistonlik şifokor Jahongir Jörayev Kun.uz muxbiri bilan suhbatda Özbekiston tibbiyotidagi muammolar va ularning yeçimlari haqidagi fikrlarini örtoqlaşdi.
– Jahongir aka, prezident Şavkat Mirziyoyev soğliqni saqlaş tizimini tubdan isloh qiliş kerakligini aytmoqda. Lekin Özbekistondagi tibbiyotning darajasini birdaniga Saudiya Arabistoni, Kuvayt yoki AQŞdagi darajaga kötara olmaymiz-ku, töğrimi?! Özgarişlarni nimadan boşlaş kerak, nimalarni özgartirsak odamlarimizda tizim yaxşilanişi mumkinligiga işonç uyğonadi?
– Çet elda bölgaç, Özbekiston tibbiyoti bilan boğliq kamçiliklar aniqroq körinib qolarkan. Men bu böyiça birinçi örinda Özbekistondagi rahbarlar soğliqni saqlaş tizimini rivojlantirişning qaysi yönalişini tanlaşmoqçi degan savolni bergan bölardim. Agar hozir Özbekistondagi tibbiyot tizimini tahlil qilsak, unga hozir sobiq ittifoq va Rossiya tizimining davomçisi sifatida qaraladi. Agar şu yönaliş rivojlantirilsa, boşqa natija, agar yuqorida aytilganidek, Yevropa va AQŞ bilan moslaştirilsa, boşqa natija böladi.
Hozir faqat sobiq ittifoq tibbiyotini yangilaş va rivojlantirişga urğu berilmoqda. Bu yönalişda ketadigan bölsak, yuqoriroq natijaga erişiş imkoni yöqligi aniq. Buni Rossiya tibbiyotini biror Yevropa davlati bilan soliştiriş orqali köriş mumkin. Lekin hammasini boşidan boşlaş ham oson bölmaydi.
Tasavvur qiling: bir yoşning maktabdan boşlab ingliz tilini yaxşi örganib universitetda bakalavr va magistraturani töliq ingliz tilida özlaştirişiga qança vaqt ketadi. Bu butun tibbiyotdagi avlodni almaştiriş orqali 10 yildan keyin boşlanadi. Mana şu muddatdan keyin tayyor mutaxassislar kirib keladi.
Bundan taşqari, 10 yilgaça nima qiliş kerak degan savol ham bor. Ungaça çet eldan har bir tibbiyot muassasasiga malakali mutaxassislarni olib keliş kerak.
– Siz faoliyat olib borayotgan Kuvayt ham tarixan mutaraqqiy davlat bölmagan. Kuvaytliklar ham qaçondir şu bosqiçdan ötgan bölişi kerak? Ularning bu boradagi tajribalari bilan qiziqib kördingizmi?
– Gapingiz töğri, arab davlatlari ham hududida neft aniqlangaç, moddiy mablağga ega bölib, iqtisodiy jihatdan rivojlangan. Lekin ularda malakali mutaxassislar yetarli bölmagan. Şuning uçun tibbiyot tizimiga çetdagi standartlarni olib kirgan, xorijiy mutaxassislarni işga çaqirgan va şu yöl bilan hozir öz tibbiyot xodimlarini tayyorlab kelmoqda.
Mavzuga oid
Tizim juda katta bölgani uçun uni hali ham hamma mutaxassislar bilan ta'minlab ulgurgani yöq. Masalan, men Kuvaytda işlasam, 20 yil oldin 5 nafargina anestizeolog-reanimotolog işlagan bölsa, hozir ularning soni 40-50 nafar. Çunki şifokor böliş ham oson emas, bu yerda öqiş jarayonida talabalar saralanib boradi.
Özbekiston ham tibbiyot tizimini rivojlantiriş uçun birinçi navbatda çetdan malakali mutaxassislarni jalb qilişi kerak böladi. Hozir mamlakatdagi şifokorlarning fikrlaşi sobiq ittifoq yönalişida, Yevropa qaraşi esa biznikiga töğri kelmaydi.
– Siz ham şu tibbiyot ta'limini körgansiz va işlagansiz, Kuvaytga borganingizda aynan şuning uçun qiynalgan bölsangiz kerak?
– Ha. Fikrlaş doiramni özgartirib moslaştirişimga bir yil vaqt ketgan, boşqalarda ham. Malaka oşiriş uçun 1 oyga çetga boradigan şifokorlar esa bu qisqa muddatda heç narsa örgana olmaydi.
Lekin mamlakat hammani bir yilga çetga yubora olmaydi. Şuning uçun ham xorijlik mutaxassislarning özini Özbekistonga olib keliş yaxşiroq samara beradi.
Dunyoqaraşdagi qoloqlik haqida bir qiziq voqeani aytib bermoqçiman. Respublika şoşilinç tibbiyot markazi yangi texnika va apparaturalar bilan ta'minlanib 2001 yilda oçilgan edi. Şu yerga öqişga kirib, şu maktabni bitirib, kerakli bilim olganmiz. Bu yerga viloyatlardan ham talabalar kelib, bitirib diplomni olib ketişardi. Ular sun'iy nafas beriş apparatini işlatişni yaxşi örganib olişgan edi.
Bir talaba şu yerda öqib viloyatiga qaytganda reanimatsiya bölimiga kirsa, yangi sun'iy nafas beriş uskunasi sellofanga örab qöyilgan ekan. U uskunaning öramini oçib, işlatişga harakat qilib turganida boşqa bir şifokor kelib, undan apparatga nega teginganini sörab tergay boşlaydi. Markazda öqib ketgan talaba şifokorga uskunaning afzalliklari haqida gapirib, uni oğir ahvoldagi bemorlarga foydasi borligini tuşuntirayotganida bölim mudiri kelib qoladi.
Haligi şifokor mudirga: «Yangi şifokorimiz sun'iy nafas beriş uskunasiga bilmay tegib qöyibdi, men unga tegma buzilib qoladi, deb tuşuntirayotgandim», – debdi. Bizda öqib ketgan talaba bu uskunani işlatiş kerakligi, uning bemorlarga köp foydasi tegişini aytibdi. Şunda bölim mudiri: «Men va mana bu şifokordan boşqa heç kim bu apparatga tegmasin», – deb javob beribdi.
Buni eşitib kulganmiz. Ya'ni eski davrda qolib ketganlarning eski uskunalarni işlatib, yangilarini tuşunmagani uçun ularda «yaxşisi tegmayman, ertaga buzilib qolsa, nima deb javob beraman» degan tuşunça bor. Omborxonalarda juda köp apparatlar işlatilmay qolib ketib, keyin sekin taşlab yuborilgani haqida köp eşitganman.
– Çetdan mutaxassislarni olib kelib, ularni kadrlar tayyorlaş jarayoniga jalb etib, tibbiyot tizimini özgartiriş mumkin. Ammo buning mahsulini 10-20 yilça kutişga töğri keladi. Kadrlar tayyorlaş tizimidagi islohotlar bilan bir vaqtda qaysi özgarişlarga qöl urilsa, uning samarasi tezroq böladi? Deylik, sohadagi islohotlarni şifoxonaga olib kelingan bemorni qabul qilişdan tortib uning jarrohlik stoliga yotişigaça bölgan jarayondagi byurokratiyani qisqartiriş singari oddiy narsalardan boşlagan ma'qul emasmi?
– Özi umuman olib qarasak, bu muammolarni global va kiçikka ajratiş mumkin. Endi hozir siz sörayotgan juda kiçik muammolar haqida aytaman. Bu narsalar juda kiçik usul bilan hal qilinadigan işlar. Siz aytayotgan registratsiya masalasi çet elda ham bor. Bu narsadan qoçib qutulib bölmaydi. Sababi, har bitta kelgan odamni registratsiya qilib, uning kimligi, qayerdan ekanligi kabi ma'lumotlarini bilib oliş kerak. Faqatgina bemor qabul bölimiga kelgan paytda uning ahvolini aniqlaştirib oliş kerak. Bu tartib Özbekistondagi ba'zi bir şifoxonalarda bor, ba'zilarida esa umuman yöq. Özbekiston kasalxonalarida bori ham yetarli darajada emas.
Misol uçun, qabul bölimiga öta oğir holatda keladigan yoki reanimatsion muolajani körsatiş kerak bölgan bemorlar bor. Şuning uçun men özim işlagan Respublika şoşilinç tez tibbiy yordam markazida quyi palata degan joyi bölar edi. Içkarida 2ta koyka hamda şoşilinç va öta oğir bölgan holatdagi bemorga yordam beriş uçun şaroit qilib qöyilgan. Hamma narsa yetarli darajada edi. Bunday şaroit Özbekistonda birinçi bölib şu markazda yölga qöyilgandi. Şunga öxşagan reanimatsiya xonalari har bitta şifoxonada bölişi kerak.
Bundan taşqari, öta oğir bölmagan bemorlar ham şifoxonaga kelişadi. Masalan, qorin, boş, yurak oğriği bilan keladiganlar yotqizib qöyiladigan keng bir zal bölar edi. Yigirmatalab yoki öttiztalab koyka bölişi mumkin. Şifoxona hajmi va kasallarning köpligiga qarab, 20-30talab bemorni yotqizib qöyib, öşa joyning özida birlamçi tekşiruvlardan ötkaziladi.
Şuningdek, bemor bu yerda holatiga qarab şifoxonada qolişi yoki uyga javob berilişi hal qilinadi. Özbekiston şifoxonalarida esa şifokor qabuliga borib, uzoq navbat kutib turişadi. Hatto bu janjal va töpolonlarga ham aylanib ketadi. Agar şularni tekşiriş xonasida yotqizib qöyib, qon bosimi, yurak urişi ölçab turilsa, u yerdagi hamşiralar bemor holati haqida doktorga aytadi.
Şu bilan birga, bu yerda alohida doktor ham böladi. Buni «emergency medicine» deyişadi. Birinçi yordam körsatadigan doktor heç qanaqa jarroh, terapevt yoki reanimatolog ham emas. Şu usulda bemalol 20-30 nafar bemorga qarab tursa böladi. Bu ham qabul bölimida taşkillaştiriş kerak bölgan yönaliş.
Bundan taşqari, bu joyga yetarli darajada tibbiyot xodimini yetkazib beriş kabi iqtisodiy tomonlari ham bor. Boyagi muammolarning orasida yana bir narsani qöşib qöymoqçi edim. Misol uçun, Özbekistonda zamonaviy reanimatsiya talablariga javob beradigan faqat barmoq bilan sanarli şifoxonalar bor va ular ham respublika miqyosidagi kasalxonalardir.
Masalan, Özbekistonda reanimatsiya şaroitida hisob böyiça ikki bemorga bir hamşira qöyilgan. Çet elda esa har bir bemorga bir hamşira biriktiriladi. Tasavvur qiling, bitta hamşira ikki bemorga qaraganida sifat tuşib boradi, ya'ni hamşira ikkita oğir bemorga töğri kelib qolgan paytda imkoniyati çeklangan böladi. Bu masalani öz vaqtida yuqoridagi organlarga olib çiqqanimizda stavka ajratilmagan, mumkin emas deyişgan. U paytda bu stavkani özgartirib bölmasdi va bu standartga kiritib qöyilgan edi. Hozir şu muammoni kötariş kerak, bu narsani faqat reanimatolog tuşunadi. Direktor yoki jarroh bu muammoni tuşunmaydi.
Reanimatsiyaga kasalxonaning yuragi deb qaraş kerak. Eng oğir holatdagi bemorni holatdan çiqarib beradigan bölim bu reanimatsiya. Özbekistonda reanimatsiyada reanimatologlarga munosabat juda yaxşi emas. Reanimatologlarni jarrohlar yoki boşqa mutaxassislar nazorat qilib, öz gapini ötkazmoqçi böladi. Çet elda reanimatolog özining sohasini yaxşi biladi va uning tavsiyasiga heç kim qarşi bormaydi.
Özbekistonda bunday holatni faqat Respublika şoşilinç tibbiy yordam ilmiy markaz reanimatsiyasida körganman. Bu yerda reanimatsiyaning özi mustaqil holatda işlab turibdi. Bunga şaxsan bölim rahbari Furqat Yöldoşev va muassasaning öşa vaqtdagi direktori Abduhakim Hojiboyev (hozirda Soğliqni saqlaş vaziri – tahr.) körsatgan yordamlari evaziga erişilgan. Boşqa kasalxonalarda ham şunga öxşaş taşkilotlar bölsa, uşbu muammoni kötarsa, bu hal qilinişi kerak.
– Qaysidir soha va yönalişlarda islohotlar qilinadigan bölsa, nimalarni özgartiriş, yangilaş masalasi odatda yuqori turuvçi idoralarning qaysidir kabinetlarida hal etiladi. Quyi tizimdagi, sohaning muammolarini yaqindan biladigan mutaxassislardan fikr söralmaydi. Şunday emasmi?
– Xuddi şunday. Tibbiyot sohasida islohotlarni boşlaşdan avval O‘zbekictonda işlayotgan şifokorlar bilan yuzma-yuz uçraşib, ularning faoliyatida uçrayotgan muammolarni örganiş, suriştiriş kerak. Çunki quyidagi xodimlar özining fikrini yuqoriga yetkazolmayotgan bölişi mumkin. Şu muammolardan biri kasallik tarixini yozişda uçraydi.
Özbekistonda bu byurokratizmga juda katta e'tibor berilgan. Ya'ni reanimatsiyadagi bemorlar kasallik tarixini kuniga 4-5 martadan yozib turiş talab qilinadi. Çunki tekşiruv kelsa, şu yozilgan kasallik tarixi böyiça tekşiradi.
Çet elda bunga kamroq e'tibor beriladi. Natijada şifokor köp vaqtini kasallik tarixini yozişga emas, bemor holatini örganişga sarflaydi. Ya'ni ular son emas, sifatni ta'minlaşadi. Şu kabi muammolarni şifokorlar bilan yuzma-yuz uçraşib söraş kerak.
Jahongir Jörayev oilasi bilan
Çet elda har bir vraç – navbatçi şifokorga dam oliş xonalarigaça ajratib qöyilgan. Ya'ni navbatçilik davomida – iş vaqtida bemalol kirib, uxlab, dam olişiga şaroit qilib berilgan. Özbekiston şaroitida navbatçi şifokorlarga yaxşi dam oliş tugul, bir xona ajratilmaydi. Kim qayerda joy topa olsa, öşa yerda uxlaşga majbur. Ya'ni şaroit qilib beriş kerak şifokorlarga. Şu masala ham – kiçkina narsa – lekin iş sifatiga ta'sir etadigan muammo.
Telegramdagi özbek şifokorlari jamlangan guruhlardan birida sohadagi muammolar haqida söz ketganda, umumiy amaliyot şifokorlari tayyorlaşga e'tibor köproq qaratilgani, biroq ayni paytda ularning risoladagidek işlaşiga şaroit yetarli emasligi, qoğozbozlikning köpligi, keraksiz 11 xildagi hisobotlar borligi, rahbariyat tomonidan beriladigan asossiz buyruqlar soha xodimlarini qiynab kelayotgani, butun amaliyoti davomida terapevt bölib işlagan vraç umumiy amaliyot şifokori sifatida işlab ginekolog yoki pediatr vazifalarini yoki aksini bajarişiga töğri kelayotgani sanab ötildi.
Çet elda umumiy amaliyot vraçi sifatida maxsus magistratura bosqiçini biritib kelgan mutaxassislar işlaşadi. Bu katta spektr iş faoliyatini öz içiga oladi. Patronaj sabab vraçlarning uyma-uy yurişi bu umuman jahon talablariga töğri kelmaydigan va vraçlarning obrösiga putur yetişiga sabab bölayotgan keçirib bölmas xatodir.
Tizimdagi yana bir jiddiy muammolaridan biri davlat şifoxonalarida xöjalik tizimidagi korrupsion harakatlar, ya'ni pulli xizmatlar uçun tölanadigan tölovlardan yiğilgan pullar şifokorlar örtasida teng taqsimlanmasdan ma'lum guruhlar tomonidan özlaştirilişi, bu jarayonda kimlargadir otning kallasiday iş haqlari hisoblanişi bilan boğliqdir. Afsuski, bu işlar aksar hollarda amaldagi qonun hujjatlariga moslab amalga oşirilişi tufayli buni tekşiruvçilar payqaşmaydi, şifokorlar esa rahbariyat bilan sen-menga borib işidan ayrilmaslik uçun adolatsizlikka şunçaki köz yumib qöya qolişadi.
Şu örinda Özbekistonda tibbiyot sohasidagi ilmiy unvon yoqlaşdagi qallobliklar haqida ham töxtalib ötiş joiz. Falon pul berib ilmiy işlar yozdiriş vraçlar orasida yangilik emas. Buning natijasida Özbekistonda ilmiy iş qilayotgan tibbiyot nomzodlari saviyasi yildan yilga tuşib bormoqda. Bu gap hammaga tegişli emas, albatta. Biroq köpçilik oson yöldan borib ilmiy unvonli bölavergaç, halol, ammo maşaqqatli yöldan borib ilmiy unvon olayotganlar soni kamayib borayotganini heç kim inkor qilmasa kerak.
– Jahongir aka, raqamlaştiriş tibbiyotga nima beradi? Kuvaytda, siz işlayotgan şifoxonada bu masala qanday yölga qöyilgan?
– Men işlayotgan davlatda siz aytgandek, raqamlaştirişga harakat doim bor. Nafaqat tibbiyotda, mana şu koronavirus pandemiyasi davrida ham. Misol uçun, bemor Covid-19 virusiga çalindi. U uyda davolansa böladigan bemor.
Esingizda bölsa, Özbekistonda koronavirus aniqlandimi, kasalxonaga olib borib yotqizib qöyaverişdi. Bu yerda boşidan bunday bölgani yöq. Uyda davolanişi mumkin bölgan yengil holatdagi bemorlar aniqlandi. Bunday bemorni izolyatsiya qiliş kerak, köçaga çiqmasligi kerak. U esa uyda ötir deyilsa ham, ötirmasligi mumkin.
Şu joyda ham raqamlaştirişga e'tibor berildi. Ya'ni öşa bemorga majburiy telefondan biror-bir IT-dasturi işlab çiqilib, şu dasturdan u röyxatdan ötib, telefon raqamlarini yozib, telefon orqali lokatsiya manzili olindi. Har ikki soatda sms-xabar keladi, şu usul orqali bemorning uyda ötirgani nazorat qilinadi. Bu ham tibbiyotdagi raqamlaştirişning bir usuli. Yangi paydo bölgan muammoga ham elektronlaştiriş usuli bilan yondaşildi.
Men özim yaqinda koronavirusdan qutuldim. Ön kun uyda ötirdim. Xohlasangiz ham heç qayerga çiqolmaysiz. Ham ikki soatda sizga xabar keladi, özingizni rasmga olib taşlaysiz. Sizning manzilingiz böyiça u yoqqa ketadi. Masalan, telefonni taşlab, köçaga çiqib ketib qolsangiz ham, xabarga javob yozmasangiz, sizga katta jarima yoziladi. Şu tarzda raqamlaştiriş usuli bilan bemor majburan uyda nazoratda böldi. Bu bitta yutuq hozirgi zamonaviy qaraşda.
Yana çet eldan uçib kelgan odamga ham aeroportda uy karantinida ötir deyilsa, heç kim nazorat qilmaydi, bu yerda çet eldan kelsa ham öşa dastur orqali nazorat qilib turiladi. Endi davolaş tibbiyotidagi raqamlaştiriş nima beradi? Bu juda yaxşi narsa. Qaysi tomondan? Şifokorning vaqtini tejaydi va kasallikning oldingi holatlarini aniqlab, tahlil qilişga juda katta yordam beradi.
Nima uçun Özbekistonda şu narsani yölga qöya olişmaydi? Çet elda har bir şifokor bir xil fikrlaydi. Bir xil taşxis qöyadi. Bu şifokorning yozgan, qilingan taktikasini, boşqa şifokor körsa, şuning bir xilligiga yuz foiz amin böladi. Negaki, tibbiyot maktabida bir xil öqitilib, oxirgi çiqqan standartlarga rioya qilinadi.
Endi Özbekistonda tasavvur qiling, Surxondaryodagi bir şifokor bemorni körib, kasallikka boşqaça davolar, boşqaça narsalar yozib qöysa tizimga, uni Toşkentga kelganda şifokor köradi, oladi, umuman boşqaça narsa ma'lumotlar, bir-biriga töğri kelmaydi. Bu şifokorga qiyinçilik tuğdiradi.
– Şunday vaziyat yuzaga kelişining sababi nimada? Ta'lim tizimi bitta bölsa, şifokorlarimizning biri Afrikada, boşqasi Amerikada öqib kelmayapti-ku?! Bitta joyda, bitta maktabda ta'lim olgan şifokorlar. Nega bitta bemorga ikki xil taşxis qöyişadi?
– Bu juda katta masala. Uni qisqaça qilib tuşuntirişga harakat qilaman. U şifokorga borsangiz, boşqaça davolaydi, çunki u falonçi pismadonçiyeviçning 5-10 yil oldin çiqqan kitobini öqigan. Ikkinçi şifokorga borsangiz, bir çet ellik şifokorning kitobini olib öqigan, u yerda boşqaça yozilgan. Boşqasiga borsangiz, umuman çalasavod, şu sababli mutlaqo boşqaça muolaja yozib beradi.
Ya'ni şifokorlarning saviyasi hamma joyda har xil. Men özim şifokor böla turib, Özbekistonda agar ma'lum bir özimning sohamdan taşqari bölgan sohaga murojaat qiladigan bölsam, özim tajribali şifokorni sörab-suriştirib topişga majbur bölaman.
– Xuddi şu savolni bermoqçi bölib turgandim. Issiq jonmiz. Hammamiz kasal bölişimiz mumkin. Şifoxonaga işimiz tuşsa, albatta, yaxşi mutaxassisni qidirişga majburmiz. Yöqsa, şifoxonayam, mutaxassislar ham son mingta. Ammo duç kelgan şifokorning eşigini qörqmasdan taqillatib kirib bora olmaymiz. Albatta, tanişlardan sörab-suriştiramiz, qaysidir şifokorning muolajasidan şifo topgan odamlarning maslahatiga quloq tutamiz...
– Barçasining negizi tibbiy ta'limga boğliq. Tibbiy ta'lim juda tuban çuqurlikka tuşib ketgan. Mana bakalavr öqişida biz öqiganda 2001 yil bitirgan bölsam, öşa davrda nisbatan sovet davridagi öqiş tizimi davom etib, öşaning inersiyasi bilan nisbatan öqiş yaxşi edi. Bakalavrni bitirdik, keyin klinik ordinaturaga öqişga kirganmiz.
Klinik ordinaturada biz köproq amaliy işlar bilan band bölib, iş örganganmiz. Nazariya tomondan biroz zaiflaşganmiz. Men baxtimga respublika miqyosidagi şoşilinç tibbiy ilmiy markazda bölganim uçun magistraturaga poydevorim yuqoriroq bölib çiqqan. Tasavvur qiling, men öşa paytda viloyatdagi biror-bir öqişga borib qolganimda, u yer respublika miqyosidagi muassasa emas, apparatlar umuman zamonaviy bölmasdi. Yondaşuvlar ham hammasi past darajada bölib, mening öşa paytdagi poydevorim sust bölib qolardi.
Hozir bu yönaliş böyiça öqitilayotgan klinik ordinatura, magistratura, misol uçun, öşa joyda şunaqa mutaxassis yetiştirib çiqilsa, önta joydan ön xil mutaxassis çiqadi. Ön xil darajadagi mutaxassis çiqadi. Hammasining ilmiy salohiyati bir xil emas. Sabab yuqorida aytilgan moddiy bazasi, apparatlari, kafedra qaysi markazda joylaşgani, u yerdagi öqituvçilar qanaqa örgatişiga boğliq. U yillar davomida şu narsalardan kelib çiqib, keyin şifokorlar viloyatga, tuman kasalxonalariga borib joylaşgandan keyin ularning ilmiy darajasini oşiradigan kadrlar yöq, kafedralar yöq. Muammolar şundan kelib çiqadi.
Masalan, Özbekistonda 2014-2015 yillardagi standartlardan foydalaniladi, çet elda bunday emas. 2019 yilgi standart allaqaçon eski deb qaraladi. Keyin çet elda bu narsalar faqat kafedrada örgatilmaydi. Çet elda har bir mutaxassisga öşa standartlarni körsatuvçi kitoblar çiqadi – elektron variantda yoki sotuvda. Bir yilda bir marta yoki bir yilda ikki marta çiqib qolişi ham mumkin. Şuni sotib olib mutaxassis özi uçun örganib, özi uçun bilib oladi. Har bitta mutaxassis zamonaviy tibbiyotdan ortda qolmaslik uçun şu kitobni olib, öqiydi. Standartlar ham yangilab turiladi.
Albatta, tasavvur qiling, bir bemor keldi. Uni davolaşda siz ikki yil oldingi davolaş standartini tavsiya qilsangiz, yoningizdagi şifokor hozirgi standart böyiça bunday yondaşilmoqda, deydi. Şu paytda u bilan sizning orangizdagi farq sezilib qoladi. Özining saviyasini tuşirib yubormaslik uçun doimiy ravişda özining malakasini oşirib borişi kerak böladi.
Yuqorida Abror aka gapirib ötdilar, davolaşni hamma har xil belgilaşi haqida. Şu narsa koronavirus pandemiyasida közga yaqqol qörinib qoldi. Nima uçun ölim körsatkiçlari köp böldi. Boşida davlatimizda şifokorlarga qarata bu kasallik tarqab ketganda bunday yondaşiladi, degan ma'lumot berilmadi. Faqat şu belgilangan kasalxonalarda uşlab turildi-da, kasallik nazoratdan çiqib ketgaç, tarqab ketib qoldi, simptomlari grippga öxşab boşlangani uçun hamma şifokorlar uni gripp kabi davolab, antibiotiklar berib, kasallarni oğirlaştirib, vaziyat nazoratdan çiqib ketdi.
Keyin SSV hammaning qöliga standart berib, şundan çetga çiqmaysizlar, deb majburlandi. Bir tomondan töğri böldi, lekin vraçlarimizga şu standartni bersa, u yerda savol bor, şu standartlar ham kasallikning darajasiga qarab beriladigan bosqiçlari bor-da, şuni şifokorlarimiz tuşunmagan holatda virusli kasallikni boşlanğiç bosqiçidan boşlab, standartda yozilgan hamma dorini bitta qilib, kompot qilib qöşib berib yuborgan holatlar böldi. Ana öşandan keyin hamma asoratlar boşlandi. Bu ham notöğri.
Agar kasallik boşlanğiç belgilari böyiça davolab borilsa, 90 foiz holatda kasallik heç qanday asoratsiz tez çiqib ketadi. Şaxsan özim çet elda turgan bölsam ham Özbekistondan 30ga yaqin bemor telefon yoki telegram orqali murojaat qilişdi. Şundan beştasi oğir bemorlar edi, 30ga yaqini endi kasallik boşlangan bemorlar edi. Yengil, endi boşlangan bemorlarda çet eldagi standartlarni qöllaganimda, özimning 84 yoşli otam, opam, ayolim yoki özim, boşqa yaqin tanişlarimda hammasi yengil ötib ketdi. Ya'ni boşlanğiç bosqiçda belgilangan dorilarni berib, kasallik darajasini tekşirib, nazorat qilib turiş kerak. Ba'zi holatda kasallik 2-bosqiçga ötib ketadi. Şuni vaqtida aniqlab, 2-bosqiç uçun dorilarni berib nazorat qilinganda asoratlarning oldi olib boriladi.
Özbekistonda, boya aytilganidek, u yerdan eşitib, bu yerdan eşitib, kaşa qilib davolanib, asoratlar kelib, ölim körsatkiçi oşib ketdi. Xudoga şukr, hozir eşitişimiz böyiça, kasallik yuqtirganlar soni ança kamayib, oğir bemorlar soni ham qisqaribdi ança. Şunda ham kasallik qaysi darajada ketayotgani, qaysi bosqiçidaligini bilgan holda davolaş mexanizmi töğri olib borilsa, oğir holatlar kam bölardi. Hozir biz işlab turgan davlatda bunday holatlar yöq, bu darajada emas.