«Spartak»da imkoniyat berilmasa, «Rubin»ga o‘tish kerak». Vadim Abramov Oston O‘runovning o‘yin amaliyotisiz qolayotgani haqida
O‘zbekiston milliy jamoasi bosh murabbiyi Vadim Abramov «Spartak»da o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmayotgan Oston O‘runovning «Rubin»ga o‘tishi mumkinligi haqidagi xabarlarga o‘z munosabatini bildirdi.

«O‘runovning «Rubin»ga o‘tishi mumkinligi haqida o‘qidim. O‘zbekiston milliy jamoasi bosh murabbiyi sifatida Ostonning o‘yin amaliyotiga ega bo‘lishini istayman. «Spartak»da o‘ynaydimi yoki «Rubin»da – farqi yo‘q, men uchun eng asosiysi uning sport formasida bo‘lishidir. Albatta, u Moskva klubi safida o‘ynab keta olsa zo‘r bo‘lardi. Ammo bu klubda murabbiy uni asosiy tarkibda ko‘rmayotgan va imkoniyat bermasa, yaxshisi, unga o‘ynashga imkoniyat beradigan «Rubin»ga o‘tishi kerak.
Ostonning nega o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmayotgani haqida gapirish qiyin. Chunki O‘runov jarohati sababli ko‘p vaqtni tiklanish uchun sarfladi. Shu bois uni maydon markazida raqobatni boy berayotgani haqidagi fikrga qo‘shilmayman. U milliy jamoaga ham jarohati bilan yetib kelgani sababli Toshkentdan Moskvaga qaytishiga ruxsat bergandik.
O‘runov «Spartak»da qolsa, o‘yin amaliyotiga ega bo‘lishi aniq. O‘shanda u o‘zini yana ko‘rsatish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Qishki tanaffus yaqinlashmoqda. Yig‘inlarda hamma narsa bo‘lishi mumkin. U mashg‘ulotlarda o‘zini yaxshiroq ko‘rsata boshlasa, asosiy tarkibga qaytishi mumkin», - deydi Vadim Karlenovich «Vsyoprosport.ru» saytiga.
Avvalroq, «Rubin» Oston O‘runov transferi uchun 2 million yevro taklif qilayotgani haqida xabar berilgandi.
Tavsiya etamiz
Zelenskiydan mamnun, Rossiya zarbalaridan hafsalasi pir bo‘lgan. Trampning oxirgi bayonotlaridan asosiy gaplar
Jahon | 16:21 / 28.04.2025
Turkiyalik erkak operatsiyadan keyin ona tilini unutib, boshqa tilda gapirishni boshladi
Jahon | 19:42 / 27.04.2025
Havo isib ketishi va qurg‘oqchilikka tayyor turishimiz kerak – Erkin Abdulahatov
O‘zbekiston | 15:55 / 26.04.2025
Muddat qo‘yuvchi Tramp: buning oxiri bormi?
Jahon | 22:09 / 24.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Tramp Karnini Kanadadagi saylovlardagi g‘alabasi bilan tabrikladi
Jahon | 12:40
-
Bola huquqlari kodeksi loyihasi ishlab chiqiladi
O‘zbekiston | 12:31
-
AQSh Avstraliyaning Amerika tanklarini Kiyevga berishiga to‘sqinlik qilyapti
Jahon | 12:24
-
Aholi sog‘lig‘ini saqlash kodeksi qabul qilinadi
O‘zbekiston | 12:14
Mavzuga oid

17:32 / 28.07.2023
«Ispaniyada aniq o‘ynab ketardi». Abramov Fayzullayev Rossiya chempionatiga o‘tayotgani haqida

20:08 / 02.09.2022
Oston O‘runov «Spartak»dan Rossiyaning boshqa klubiga o‘tdi

17:41 / 11.08.2022
«Samarqand – kuchliroq jamoaga munosib». Abramov «Dinamo»ni qanday qilib Superligada olib qolmoqchi?

13:34 / 09.08.2022