Özbekiston milliy jamoasi sobiq boş murabbiyi Vadim Abramov «VseProSport» naşri muxbirining «Paxtakor»dan TsSKAga ötayotgan Abbos Fayzullayev haqidagi savollariga javob qaytardi.

«Fayzullayev – juda iqtidorli va umidli futbolçi. Ammo Rossiya futboli köproq jismoniy kuçga asoslangan. Abbosbek Ispaniyada aniq öynab keta olgan bölardi, Rossiyada esa öynab keta oladimi, bilmayman. Agar TsSKAda öynab keta olsa, aniqki, uni Yevropaga yaxşi narxga sotişadi. Yevrokubok? «Rostov» ham yevrokuboklarda qatnaşmasdi, ammo Şomurodov Italiyaga köçib ötgandi.

Darvoqe, 4 kundan keyin boşqaruvimdagi «Dinamo» kubok doirasida «Paxtakor»ga qarşi öynaydi. Şunday ekan, men Fayzullayev hali Rossiyaga ketmagan bölsa, uni qanday töxtatiş mumkinligi haqida öylaşimga töğri keladi. TsSKA tezroq sotib ola qolsaydi (kuladi)», - deydi Vadim Karlenoviç Rossiya naşri muxbiri bilan suhbatda.

Avvalroq, «Paxtakor» yarimhimoyaçisi Abbos Fayzullayev 500 ming yevro transfer puli evaziga TsSKAga köçib ötayotgani haqida xabar qilingandi.