Superliga 15-turidan oldin «Dinamo» jamoasi qoniqarsiz natijalar sababli joriy mavsumda uçinçi marta yangi boş murabbiyini tayinladi. Bu safar taniqli mutaxassis Vadim Abramov Samarqand klubida iş boşladi. Özbekiston milliy jamoasi sobiq ustozining Superligada qoliş uçun kuraşayotgan jamoa boş murabbiyiga aylanişi kutilmagan voqea böldi. Kun.uz va Tribuna.uz muxbirlari «Dinamo»ning «Söğdiyona»ga qarşi öyini oldidan Vadim Karlenoviç bilan suhbatlaşdi.

- «Dinamo» oxirgi turda mağlub bölgaç, avvalgi murabbiy iste’foga çiqarildi va jamoaga yordam beriş uçun meni taklif qilişdi. Keldim, körişib gaplaşdik va taklifni qabul qildim. Asosiy vazifam – jamoani hozirgi turnir jadvalidagi jarlikdan olib çiqiş.

Çempionatda 12ta tur qoldi va endi har bir uçraşuv oltinga teng böladi. Darhol katta özgariş qilişning imkoni bölmaydi, çunki men keça keldim va bugun ilk maşğulotni ötkazib, «Söğdiyona»ga qarşi jamoani boşlab tuşaman. Umid qilamanki, yigitlar mas’uliyatni his qilib, maydonga tuşişadi.

Jamoa bilan tanişişga ulgurdim. Tarkibdagi aksariyat öyinçilarni avvaldan bilardim. Tarkib borasida hali aniq fikr bildirişim qiyin, hozir bungaça işlagan yordamçi murabbiylar fikriga tayanaman. Çunki hamma öyinçilarni hali unça yaxşi bilmayman. Nomlar futbol öynamaydi, har bir bahsga jiddiy tayyorgarlik köriş kerak. 

Foto: Tribuna.uz

Özbekiston milliy jamoasidan keyin hozirça autsayder bölib turgan jamoaga kelgan bölsam-da, futboldagi qaraşim özgarmaydi. Qayerda işlasang ham, qöl ostingdagi bor masalliqdan nimadir tayyorlaşga intilasan. Men ham qöl ostimdagi bor tarkibdagi öyinçilarning kuçli jihatlaridan foydalanişimga töğri keladi. Futbolda boşqa narsani öylab topiş qiyin.

«Söğdiyona»ga qarşi öyin qiyin ötişini tuşunib turibman. Çunki, Samarqand va Jizzax örtasidagi öyinlar derbiga mos ötişini bilaman. Raqibdan qörqmay maydonga tuşib, faqat ğalaba uçun öynaş kerak.

Jamoani olib qolişga işonçim qay darajada? Oldinda 12ta tur bor. Barça öyinga maydonga tuşib, jang qilişga töğri keladi. Heç kim oçkoni şunçaki berib qöymaydi. Jamoaning hozirgaça eng kam gol urgani va eng köp gol ötkazib yuborgani men uçun jumboq bölib turibdi. Şunga qaramay, klubni elitada olib qoliş uçun bor tajribamni işga solaman.