O‘zbekiston | 14:28 / 07.12.2020
4246
2 daqiqa o‘qiladi

2021 yilda ta'lim, sog‘liqni saqlash va ilm-fanni rivojlantirish uchun 55,4 trln so‘m mablag‘ yo‘naltiriladi

2021 yilda davlat dasturlarida belgilangan vazifalarni amalga oshirish, xususan, uzluksiz ta'lim tizimini va fanni rivojlantirish dasturlarini amalga oshirish hamda aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish maqsadida davlat budjetidan ta'lim sohasiga 219 mlrd so‘m, fanga 168 mlrd so‘m, sog‘liqni saqlashga 395 mlrd so‘m miqdorida mablag‘ ajratilishi ko‘zda tutilgan.

Foto: KUN.UZ

Joriy yilning 7 dekabr kuni Oliy Majlisi Senati Fan, ta'lim va sog‘liqni saqlash masalalari hamda xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qo‘mitasining videokonferensaloqa tarzidagi majlisi bo‘lib o‘tdi. 

Majlisda senatorlar pandemiya davrida aholini ijtimoiy himoya qilish va iqtisodiyotni qayta tiklash yo‘lida amalga oshirilayotgan ishlarni ko‘rib chiqdi.

Jumladan, ijtimoiy nafaqa oluvchi ehtiyojmand oilalar soni 2021 yilda 1,2 mln oilaga oshirilishi rejalashtirilganligi ta'kidlandi. Aholini qo‘llab-quvvatlash, pul to‘lanadigan jamoatchilik ishlariga, tadbirkorlikka keng jalb etish asosida bandlikni ta'minlash maqsadida Jamoatchilik ishlari jamg‘armasi orqali 250 mlrd so‘m, Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi orqali 25 mlrd so‘m, Xotin-qizlar va oilani qo‘llab-quvvatlash davlat maqsadli jamg‘armasi orqali 125 mlrd so‘m ajratilishi ko‘zda tutilmoqda.

Shuningdek, 2021 yilda aholining muhtoj qatlamlarini arzon uy-joylar bilan ta'minlash uchun qishloq joylarda va shaharlarda ko‘p kvartirali uylar qurishni moliyalashtirish uchun Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan 2,4 trln so‘m ajratish ko‘zda tutilgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid