Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rim papasi martda Iroqqa tashrif buyuradi
2021 yilning mart oyida Rim papasining Iroqqa tashrifi rejalashtirilmoqda. Bu haqda CNN Vatikan matbuot xizmatiga tayanib xabar bergan.
Papaning Iroqqa tashrifi pandemiya boshlanganidan buyon ilk xorij safari bo‘ladi. Pontifik Ibrohim payg‘ambar xotirasi bilan bog‘liq Bag‘dod va Arbil shaharlari, shuningdek, nasroniylar uchun qadrli, ammo urush tufayli xarob holga kelgan Ninva tekisliklaridagi Mo‘sul va Qoraqosh shaharlariga ham borishi ko‘zda tutilyapti. Iroqqa tashrif kelasi yilning 5-8 mart kunlari bo‘ladi.
«Tashrif dasturi jahondagi pandemik holat rivojini hisobga olgan holda bo‘ladi», degan Vatikan matbuot xizmati.
Iroq tashqi ishlar vaziri Rim papasining tashrifi «tarixiy voqea bo‘lib, Iroqning barcha sohalari uchun o‘ziga xos qo‘llab-quvvatlash bo‘ladi», deya bayonot bergan.
«Shuningdek, papaning kelishi, nafaqat Iroq, balki butun hudud uchun tinchlik ramzi bo‘lib, insoniyatning ekstremizm va ziddiyatlarga qarshi birdamligini aks ettiradi hamda bag‘rikenglik va turfa xillikni targ‘ib qiladi», deyilgan vazirlik bayonotida.
Ma'lumot uchun, Iroq aholisining 1 foizga yaqini nasroniylikning turli mazhablariga e'tiqod qiladi.
Mavzuga oid
09:55 / 17.04.2026
Lev XIV “dunyoni vayronaga aylantirayotgan zolimlar”ni keskin qoraladi
19:52 / 15.04.2026
Tramp va Lev XIV bahsi. Voqealar zanjiri
16:52 / 14.04.2026
Tramp Rim papasini tanqid qildi va o‘zining Iso qiyofasidagi suratini e’lon qildi
23:18 / 07.04.2026