Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yevropa yetakchilari Eronning uranni boyitishga chog‘langanini tanqid qilishdi
Foto: AFP
Ko‘hna qit'aning uch yirik davlati – Fransiya, Buyuk Britaniya va Germaniya Eron parlamenti o‘zining yadroviy dasturini kengaytirib, uranni boyitishga qayta kirishgani haqidagi bayonotidan qattiq tashvishda ekanliklarini izhor qilishdi. Bu haqda Qatarning «Al-Jazira» kanali xabar bermoqda.
«Eron diplomatik munosabatlarni tiklamoqchi bo‘lsa, bunday qadamlarni tashlamasligi kerak», deyilgan uch davlatning qo‘shma bayonotida.
Bayonotda aytilishicha, «Eronning bu qarori 2015 yilda rasmiy Tehron va dunyoning yetakchi davlatlari o‘rtasidagi kelishuvga zid. Rasman «Harakatlarning keng qamrovli qo‘shma rejasi» deb nomlanuvchi bitim eng yaxshi va ayni damda Eronning yadroviy dasturini kuzatib, cheklab turuvchi yagona yo‘ldir».
BMTning yadroviy dasturlar kuzatuvchisi bo‘lgan Xalqaro atom energiyasi agentligi o‘tgan oy fors hukumati Natanzdagi yerosti laboratoriyalarda murakkab sentrfugalarni qayta ishga tushirgani haqida xabar bergandi.
«Eronning Natanzdagi Yoqilg‘ini boyitish zavodida murakkab sentrfugalarning qo‘shimcha uchta kaskadini ishga tushirmoqchi ekani «Harakatlarning keng qamrovli qo‘shma rejasi»ga zid va «o‘ta xavotirli» deyilgan qo‘shma bayonotda.
Mavzuga oid
14:27
Yaqin Sharqda keskinlik: AQSh bazalardagi shaxsiy tarkibni qisqartirmoqda
09:42
Eron havo hududi yopilishi: Uzbekistan Airways, Jazeera va Fly One Asia reyslari yo‘nalishini o‘zgartirdi
09:09
Eron taqdiri uchun kurash: Rizo Pahlaviyning katta rejalari
08:41