Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“Yaxshi o‘qituvchi bolani izlanishga yo‘naltiradi” - Toshkentda ilmiy-amaliy tadqiqotlar konferensiyasi bo‘lib o‘tdi
10 dekabr kuni Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida ilmiy maqolalarni xalqaro andozalar asosida tahrirlash va nashr etish bilan shug‘ullanadigan “Tadqiqot.uz” portali o‘zining yillik hisobotini e'lon qildi.
Tadbir davomida maqolalariga eng ko‘p iqtibos berilgan olim va olimalar, eng ko‘p ilmiy maqolalar bergan OTMlar tashkilotchilar tomonidan esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
“Tadqiqot” MChJ korxonasi rahbari, yuridik fanlari doktori, dotsent Shohrud Fayziyev portal oldiga qo‘yilgan maqsadlar, ish yuritish tartibi va ilmiy maqolalarni nashrga tayyorlash ishlari haqida so‘zlab berdi.
“Tadqiqot.uz” portalida 26 ta ilmiy jurnal faoliyati yo‘lga qo‘yilgan. Har bir jurnal muayyan OTM bilan hamkorlikda ish yuritib kelmoqda. Har oyda ilmiy-amaliy tadqiqotlar konferetsiyalarini o‘tkazib kelamiz.
Asosiy maqsadimiz yoshlarga ilm yo‘lida alohida yo‘l ochib berish. Bizning faoliyatimiz ilmiy ishlarga yoshlarni ko‘proq jalb qilish va ulardan innovatsion yo‘l bilan g‘oyalarni olib ishlab chiqarishga yo‘naltirish hisoblanadi.
2016 yildan beri portal tasarrufidagi 26 ta ilmiy jurnalda 5000 dan ortiq ilmiy maqolalar taqrizdan o‘tkazildi hamda konferensiya materiallarida tezis va ilmiy maqolalar sifatida e'lon qilib kelinmoqda.
Shu bilan birga, biz ilmiy maqolani tahrirlash, retsenziyadan, antiplagiatdan o‘tkazish hamda jurnal bilan akademik munosabatni yo‘lga qo‘yib tadqiqotchilar uchun ko‘prik vazifasini bajarib kelyapmiz.
Biz nashr etgan ilmiy maqolalar “Tadqiqot.uz” portalida turadi va u to‘g‘ridan to‘g‘ri Google scholar’da indeksatsiya qilinadi, ya'ni e'lon qilingan maqolaga boshqa olimlar tomonidan qiziqish bildirilishi unga berilgan iqtibos bilan amalga oshiriladi. Bugungi tadbirda ham shunday olimlarni taqdirladik. Jumladan, bir maqolaga 32 marotaba murojaat bo‘lgan. Bu ilmiy tilda aytganda h-indeks deb yuritiladi”, — deydi Shoxrud Fayziyev.
“Yaxshi o‘qituvchi bolani izlashga yo‘naltiradi, yomon o‘qituvchi tayyor haqiqat beradi”
Taqdirlash tadbirida ishtirok etgan Toshkent Islom akademiyasi dotsenti, tarix fanlari nomzodi Gavhar Fuzailova Kun.uz muxbiriga bergan intervyusida bugungi kunda pedagogika sohasidagi ilmiy ishlar hamda muammolar xususida to‘xtaldi.
“Biz ilmiy maqolalarimizda ko‘tarayotgan asosiy mavzu bu — pedagogik kompetentlik, ta'lim tizimini innovatsion texnologiyalar bilan boyitish, o‘qituvchining pedagogik kreativligini rivojlantirish hisoblanadi. Bu muammolar o‘z-o‘zidan hal bo‘lib qolmaydi. Agar o‘qituvchi izlanmasa, hech kim kelib unga tayyor dars o‘tish shaklini bermaydi.
Ta'lim tizimida mustaqil ta'limni tashkil etishni o‘qituvchilarimizda kuzatilayotgan muammo sifatida aytish mumkin. Biz maktabda ham o‘quvchini mustaqil ta'lim olishga o‘rgatishimiz kerak.
Yaxshi o‘qituvchi bolani izlashga yo‘naltiradi, yomon o‘qituvchi tayyor haqiqat beradi. Tayyor bilim beradigan emas, o‘quvchini boshqaradigan, yo‘naltiradigan pedagogni zamonaviy o‘qituvchi deb hisoblayman. Men bilaman, mana, senga aytdim emas, sen ham bilasan, kel, muloqotga kirishaylik qabilida o‘quvchi bilan munosabat o‘rnatish kerak”, — deydi tajribali pedagog va olim.
Mavzuga oid
16:28 / 13.06.2026
Toshkentda yo‘l talashgan haydovchi ikkinchi haydovchiga tayoq bilan hujum qildi
20:06 / 10.06.2026
Prezident huzurida Islom sivilizatsiyasi markazining faoliyati va rejalari ko‘rib chiqildi
16:55 / 09.06.2026
Biznes-ombudsman Toshkentdagi reklamalarni buzishda qonuniy yo‘l tutishga chaqirdi
10:25 / 09.06.2026