O‘zbekiston | 09:33 / 11.12.2020
1886
3 daqiqa o‘qiladi

Odam savdosidan jabrlangan shaxslarga yordam berish markazi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi tasarrufiga o‘tkaziladi

Odam savdosidan jabrlangan shaxslarga yordam ko‘rsatish va ularni himoya qilishni takomillashtirish maqsad qilingan.

Vazirlar Mahkamasining “Odam savdosidan jabrlanganlarga yordam ko‘rsatish va ularni himoya qilishni takomillashtirish choralari to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e'lon qilindi.

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Sog‘likni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Bosh prokuraturaning Odam savdosidan jabrlangan shaxslarga yordam berish bo‘yicha Respublika reabilitatsiya markazini Sog‘liqni saqlash vazirligi tarkibidan belgilangan tartibda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi tasarrufiga o‘tkazish to‘g‘risidagi taklifi ma'qullanishi mumkin.

Odam savdosidan jabrlanganlarga yordam ko‘rsatish va ularni himoya qilish bo‘yicha ixtisoslashtirilgan markazlar to‘g‘risidagi namunaviy nizom tasdiqlanadi.

Quyidagilar odam savdosidan jabrlangan hamda jabrlangan deb taxmin qilinayotgan shaxslarga yordam berish bo‘yicha ixtisoslashtirilgan reabilitatsiya markazlarining asosiy vazifalari va funksiyalari hisoblanadi:

  • odam savdosidan jabrlangan hamda jabrlangan deb taxmin qilinayotgan shaxslarni qulay yashash sharoitlari va shaxsiy gigiyena vositalari bilan ta'minlash;
  • odam savdosidan jabrlangan hamda jabrlangan deb taxmin qilinayotgan shaxslarni oziq-ovqat, dori vositalari va tibbiy buyumlar bilan ta'minlash;
  • odam savdosidan jabrlangan hamda jabrlangan deb taxmin qilinayotgan shaxslarga shoshilinch tibbiy, psixologik, ijtimoiy, huquqiy yordam va boshqa yordam ko‘rsatish;
  • odam savdosidan jabrlangan hamda jabrlangan deb taxmin qilinayotgan shaxslar xavfsizligini ta'minlash;
  • odam savdosidan jabrlangan hamda jabrlangan deb taxmin qilinayotgan shaxslarning qarindoshlari, homiylari va vasiylari bilan aloqa o‘rnatishiga ko‘maklashish;
  • odam savdosidan jabrlangan hamda jabrlangan deb taxmin qilinayotgan shaxslarni o‘z huquqlari va qonuniy manfaatlari haqida axborot taqdim etish;
  • odam savdosidan jabrlanganlarning ijtimoiy reabilitatsiyasiga va moslashuviga ko‘maklashish.

Ixtisoslashtirilgan markazlari odam savdosidan jabrlangan hamda jabrlangan deb taxmin qilingan shaxslarga kompleks xizmatlar ko‘rsatadi.

Ixtisoslashtirilgan markazlarga joylashtirish odam savdosidan jabrlangan hamda jabrlangan deb taxmin qilingan shaxslarning ixtiyoriy xohishi hamda ixtisoslashtirilgan markazning direktori, ichki ishlar organlari hamda tegishli hududiy komissiyalari tomonidan qabul qilinadigan qo‘shma qaror asosida amalga oshiriladi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid