Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda avtobuslarning o‘rtacha harakatlanish oraliq vaqtini 10-12 daqiqagacha kamaytirish rejalashtirilmoqda
2020 yilda Toshkent shahrida 152ta yo‘lovchi tashish transport yo‘nalishlarini qayta ko‘rib chiqildi, deb xabar bermoqda "Toshshahartransxizmat" AJ axborot xizmati.
Foto: Toshshahartransxizmat axborot xizmati
Natijada, transport yo‘nalishlarining 43tasi optimallashtirildi (rejaga nisbatan 40 foiz), jumladan 32ta avtobus yo‘nalishlari masofasi qisqartirildi, 11tasi yopildi (rejaga nisbatan 82 foiz) hamda 2ta yangi yo‘nalishlar ochildi (rejaga nisbatan 35 foiz).
Qayd etilishicha, Toshkent shahri jamoat transporti tizimini takomillashtirish yuzasidan olib borilayotgan chora-tadbirlar natijasida qator samaradorlik ko‘rsatkichlariga erishish kutilmoqda.
Ular:
yo‘nalishlarning o‘rtacha masofasini 19,8 km.dan 15 km.gacha qisqartirish;
avtobuslarning o‘rtacha harakatlanish oraliq vaqtini 20-30 daqiqadan 10-12 daqiqagacha kamaytirish;
yerusti jamoat transportining bir kunlik bosib o‘tadigan masofasini 37,6 ming km.ga kamaytirish;
kunlik yonilg‘i xarajatini 13 ming litrga kamaytirish;
atmosferaga chiqariladigan zararli chiqindilarni kuniga 2,5 tonnaga kamaytirish;
yonilg‘i-moylash mahsulotlari sarf-xarajatlarini yiliga 27,7 mlrd so‘m miqdorida tejash;
metropolitendagi kunlik yo‘lovchilar oqimini 240 ming yo‘lovchidan 500 ming yo‘lovchigacha ko‘paytirish;
75 ming nafardan ortiq aholi yashaydigan 6ta yangi turar joy mavzesini muntazam avtobus yo‘nalishlari qatnovi bilan ta'minlash.
Mavzuga oid
18:57 / 05.02.2026
Yong‘in vaqtida asosiy eshikka emas, evakuatsion chiqish zinasiga yo‘nalish kerak – favqulodda vaziyatlarda qanday harakatlanish lozim?
09:34 / 05.02.2026
Toshkentda yong‘in xavfsizligi talablariga javob bermagan obektlar faoliyati to‘xtatilmoqda
20:30 / 04.02.2026
Toshkent – Sankt-Peterburg – Toshkent yo‘nalishida avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yiladi
09:18 / 04.02.2026