Ma'lumki, MJtKning 332-1-moddasiga ko‘ra, huquqbuzar unga jarima solish to‘g‘risidagi qaror topshirilgan kundan boshlab 15 kun ichida jarima miqdorining 70 foizini ixtiyoriy ravishda to‘lagan taqdirda, u jarimaning qolgan qismi (30 foizi)ni to‘lashdan ozod qilinadi.
Mazkur qoida amalda qanday ishlamoqda?
Ma'muriy jarima uchun 30 foizlik chegirma elektron to‘lov tizimlari (Payme, Click va boshqa ilovalar) orqali to‘lov amalga oshirilganida chegirmali 15 kunlik muddat barcha holatlarda jarima solish to‘g‘risidagi qaror chiqarilgan kundan boshlab hisoblanmoqda. Ya'ni, haydovchilar jarima to‘lashdagi 30 foizlik chegirmadan jarima solish to‘g‘risidagi qaror rasmiylashtirilgan sanadan boshlab 15 kun muddat ichida foydalana olishyapti xolos.
Aslida qanday bo‘lishi kerak? Muammo nimada?
Yo‘l harakati qoidalari buzilishi maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish texnika vositalari orqali ham qayd etilishini hisobga olsak, ushbu holatlarda jarimani to‘lashda haydovchilarda yaxshigina muammolar kelib chiqayotganini aytish mumkin.
MJtK 309-1-moddasining uchinchi qismiga ko‘ra, jarima solish to‘g‘risidagi qarorning ko‘chirma nusxasi maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish texnika vositalari qo‘llanilgan holda olingan materiallar ilova qilinib, elektron hujjatni qog‘ozdagi hujjatga aylantirish yo‘li bilan tayyorlanadi hamda mazkur qaror chiqarilgan kundan e'tiboran 3 kun ichida buyurtma pochta jo‘natmasi tarzida huquqbuzarga yuboriladi.
MJtK 332-1-moddasiga ko‘ra, jarima to‘lashdagi chegirma huquqbuzarga jarima solish to‘g‘risidagi qaror chiqarilgan kundan emas, balki o‘sha qaror huquqbuzarga topshirilgan kundan boshlab 15 kun ichida qo‘llanishi lozim.
Muammo shundaki, amaliyotda maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish texnika vositalari orqali qayd etilgan yo‘l harakati qoidalari buzilgani uchun belgilangan jarimani to‘lashdagi chegirmali muddat jarima solish to‘g‘risidagi













