O‘zbekiston | 15:46 / 16.12.2020
11058
2 daqiqa o‘qiladi

IIVning tekshiruv bo‘yicha funksiyalaridan biri bekor qilinadi

Foto: KUN.UZ

Prezidentning “Tadbirkorlik sohasida davlat nazoratining sifati va ko‘lamini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni loyihasi e'lon qilindi.

2021 yil 1 martdan boshlab quyidagi funksiyalar bekor qilinishi rejalashtirilgan:

Ichki ishlar vazirligining transport vositalariga texnik xizmat ko‘rsatish stansiyalarida transport vositalariga texnik xizmat ko‘rsatish va ta'mirlash ishlarini tekshirish;

mahalliy davlat hokimiyati organlarining belgilangan savdo qoidalariga rioya etilishi, nazorat kassa mashinalari mavjudligi, pul tushumining bank kassalariga to‘liq va o‘z vaqtida topshirilishi ustidan nazoratni ta'minlash hamda kommunal xizmatlar to‘lovi va majburiy badallarni to‘lash bo‘yicha qarzlarni undirish to‘g‘risida da'volar bilan sudga murojaat qilishi.

Eksperiment tariqasida 2022 yil 1 martga qadar soliq organlari tomonidan tadbirkorlik sub'yektlarining bankdagi hisobvaraqlariga inkasso topshiriqnomalarini qo‘yish va operatsiyalarni to‘xtatib turish funksiyasi faqat sud qarori asosida amalga oshiriladi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid