Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qurilish obektlari videokamera orqali onlayn nazorat qilinadi
Prezident Shavkat Mirziyoyev 6 may kuni qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida byurokratiyani qisqartirish va nazorat ishlari natijadorligini oshirish yuzasidan taqdimot bilan tanishdi.
Taqdimotda qurilish obektlarini onlayn nazorat qilish masalasiga e’tibor qaratildi.
Ta’kidlanishicha, amaliyotda qurilish obektlariga kuzatuv kameralarini majburiy o‘rnatish talabi mavjud emas. Shu bois birinchi bosqichda qiymati 3 milliard so‘mdan yuqori bo‘lgan ijtimoiy soha obektlari, ko‘p qavatli uylar, yirik savdo va sanoat obektlari, mehmonxona va turizm majmualariga kameralar o‘rnatish taklif etildi.
Bu orqali loyihadan o‘zboshimchalik bilan chetga chiqish holatlarini barvaqt aniqlash, qurilish maydonidagi ishchilar hisobini aniq yuritish, “konvert” usulida maosh to‘lash holatlarining oldini olish, yashirin iqtisodiyotni qisqartirish va mehnat xavfsizligini ta’minlash imkoniyati kengayadi.
Qurilishda texnik va mualliflik nazorati samaradorligini oshirish masalasi ham ko‘rib chiqildi. 2025 yilda texnik va mualliflik nazoratchilari obektlarda 42 mingta kamchilikni qayd etgan bo‘lsa, inspektorlar keyinchalik yana 250 mingdan ziyod qoidabuzarlikni aniqlagan. Bu ayrim hollarda nazoratchilar faoliyati yetarlicha samarali tashkil etilmayotganini ko‘rsatadi.
Shu munosabat bilan “Shaffof qurilish” platformasida texnik va mualliflik nazoratchilarining reyestri va reyting tizimini joriy etish taklif qilindi. Ularning faoliyati masofadan monitoring qilinadi, ish yurituv hujjatlari elektron shaklga o‘tkaziladi. Reyting ko‘rsatkichi past bo‘lgan nazoratchilar qayta o‘qitishga yuboriladi, yaxshi natija ko‘rsatganlarning sertifikat muddati uzaytiriladi.
Qurilish materiallari sifatini nazorat qilishda ham ta’sirchan mexanizmlar joriy etiladi. Obektga kiritilgan har bir qurilish materiali nazorat.mc.uz platformasi orqali elektron ro‘yxatga olinadi, sifatni tasdiqlovchi hujjatlar majburiy ravishda tizimga yuklanadi. Sifatsiz materiallardan foydalangan quruvchilarga nisbatan ma’muriy javobgarlik belgilash taklif etildi.
Laboratoriya sinovlari bo‘yicha ham yangi yondashuvlar belgilanmoqda. Uzoq hududlardagi qurilish massivlarida sinovlarni o‘z vaqtida o‘tkazish uchun ko‘chma qurilish-sinov laboratoriyalarini tashkil etish taklif qilindi. Bu obektlar qamrovini ikki barobar oshirish, sinov natijalarini tezkor aniqlash va standart talablariga rioya etilishini ta’minlashga xizmat qiladi.
Mavzuga oid
09:46 / 11.06.2026
Noqonuniy qurilishlar uchun javobgarlik kuchaytiriladi
11:56 / 06.06.2026
Qurilishga ruxsat olishda bir nechta davlat xizmatlari birlashtiriladi
11:33 / 06.06.2026
O‘zbekistonda loyihalash va qurilishni parallel olib borish amaliyoti o‘zgaradi
22:34 / 05.06.2026