Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Zoyir Mirzayev Qashqadaryo viloyati uchun qo‘shimcha 3 mingta gaz ballon va 6 ming tonna ko‘mir so‘radi
Prezident Shavkat Mirziyoyev boshchiligida bo‘lib o‘tgan videoselektor yig‘ilishida qish mavsumini betalafot o‘tkazish bo‘yicha tayyorgarlikka oid eng muhim masalalar muhokama qilindi.
Tadbirda soha mutasaddilari, viloyat hokimlarining hisobotlari tinglandi, ularni qiynayotgan muammolar yuzasidan aniq ko‘rsatmalar berildi. Yig‘ilishda so‘zga chiqqan Qashqadaryo viloyati hokimi Zoyir Mirzayev viloyatdagi vaziyat bo‘yicha gapirdi.
«Qashqadaryoda mahallalarning 80 foizi suyultirilgan gazdan foydalanadi. Qish mavsumi kelib bu mahsulotga ham talab tabiiyki ortdi, sarfi tezlashdi. Suyultirilgan gaz yetkazish tizimimizni yo‘lga qo‘yib oldik.
Ammo ayrim muammolarimiz bor. Biz hisoblab chiqdik – viloyat miqyosida yana 3 mingta gaz balloniga ehtiyojimiz bor ekan. Shuningdek, 22 ming tonna ko‘mir tarqatdik, yana 4 ming tonna zaxiramiz bor, ammo sovuq mavsum odatdagidan bir oy oldin boshlandi va katta qismi hali oldinda, ko‘p joylarimizda bir qarich qor. Shu bois viloyatimiz aholisiga yana 6 ming tonna ko‘mir zarur. Agar mumkin bo‘lsa shu masalalarda yordam bersangiz», dedi u prezidentga murojaatida.
O‘z navbatida, davlat rahbari har ikki masala yechimi bo‘yicha mutasaddilarga topshiriq berdi va 3 ming dona gaz ballonlarini 10 kun muddat ichida yetkazishni, viloyatni qo‘shimcha 6 ming tonna o‘rniga 10 ming tonna ko‘mir bilan ta'minlashni aytdi.
Mavzuga oid
17:18 / 08.06.2026
Qashqadaryodagi portlashda 6 kishi halok bo‘lgan
15:27 / 08.06.2026
Qashqadaryoda gaz quyish shoxobchasida portlash ro‘y berdi
20:02 / 26.05.2026
1 iyundan ko‘mir narxini davlat tomonidan belgilash amaliyoti bekor qilinadi
20:10 / 25.05.2026