Qaşqadaryo viloyatining Qarşi tumanida joylaşgan maişiy gaz ballonlariga suyultirilgan gaz quyiş şoxobçasida portlaş sodir böldi.

FVV matbuot xizmati xabariga köra, hodisa 8 iyun kuni soat 13:50 da Qarşi tumani Çaman mahalla fuqarolar yiğinida joylaşgan gaz quyiş şoxobçasida yuz bergan.

Xabar kelib tuşişi bilan voqea joyiga qutqaruv bölinmalari jalb etilgan. Dastlabki ma’lumotlarga köra, portlaş oqibatida yuzaga kelgan yonğinni bartaraf etiş işlari olib borilmoqda.

Hozirça hodisa oqibatlari va jabrlanganlar haqida rasmiy ma’lumot berilmagan. Qöşimça ma’lumot taqdim etilişi bildirilgan.