Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ayrim tadbirkorlar QQSni 3 oyda bir marta to‘lashi mumkin bo‘ladi - Moliya vaziri o‘rinbosari
Aylanma mablag‘i 1 milliard so‘mdan oshmagan kichik korxonalar qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘yicha hisobotni har uch oyda topshirishi, shuningdek, to‘lovlarni ham har chorakda amalga oshirishi mumkin.
Koronavirus pandemiyasi sharoitida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 3 apreldagi PF-5978-sonli Farmoni bilan 2020 yil 1 apreldan 31 dekabrga qadar bo‘lgan davrda tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilish aylanmasi oyiga 1 mlrd. so‘mdan oshmaydigan va elektron hisob-fakturalarni qo‘llaydigan qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchilar ushbu soliqni har choraklik asosida hisoblash va to‘lash huquqiga ega ekanligi nazarda tutilgan.
Moliya vaziri o‘rinbosari Dilshod Sultonov ushbu normani kelgusida ham saqlab qolish va uni Soliq kodeksida doimiy ravishda nazarda tutish haqida gapirdi.
«Soliq to‘lovchilar chorakda bir marotaba hisobot topshirib, 3 oyda bir marta QQS to‘laydi. Bu yerda aylanma mablag‘i 1 milliard so‘mgacha bo‘lgan tadbirkorlar haqida gap ketyapti», — deya qayd etdi Sultonov.
Moliya vaziri o‘rinbosarining hisob-kitobiga ko‘ra, ayni paytda 10 mingga yaqin tadbirkorning aylanma mablag‘i 1 milliard so‘mgacha bo‘lib, aynan chorakda bir marta QQS to‘lash imkoniyati evaziga 220 milliard so‘m tadbirkorlar ixtiyorida qoladi.
Ma'lumot uchun, 2021 yilda bazaviy soliq stavkalarini o‘zgarishsiz saqlab qolish ko‘zda tutilgan. Jumladan, qo‘shilgan qiymat solig‘i 15 foiz, foyda solig‘i 15 foiz, jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i 12 foiz, budjet tashkilotlaridan ijtimoiy soliq 25 foiz, qolgan sub'yektlardan 12 foiz, mikrofirmalar va kichik korxonalar uchun aylanma solig‘i 4 foizlik stavkalar saqlanib qolinmoqda.
Mavzuga oid
10:51 / 25.08.2025
Aylanmadan olinadigan soliqdan ilk marta QQS to‘loviga o‘tgan tadbirkorlar rag‘batlantiriladi
16:11 / 20.08.2025
Soliqchilar aniqlagan xato-kamchiliklar bo‘yicha “amnistiya” e’lon qilindi
15:52 / 29.07.2025
Soliqchilar QQSni qaytarishda sovitkichdan olingan suvni ham puflab ichyapti - Qudbiyev
16:08 / 24.05.2025