Kun.uz pandemiya va iqtisodiy inqiroz fasllariga oid turli xil soha vakillari bilan suhbatlar taşkil qilmoqda. Körsatuvning navbatdagi mehmoni Özbekiston Davlat Soliq qömita raisi örinbosari Fazliddin Umarov moliyaviy qiyinçilikka duç kelgan tadbirkorlarga soliq majburiyatini turli körinişda tölaş imkoniyatlari haqida ma'lumot berdi.

– Köpçilik odamlar, ayniqsa, tadbirkorlar va xususiy sektor vakillarini pandemiya va undan keyingi davrda soliq majburiyatlari va soliqni qoplaş masalasi qiziqtiradi va şunga oid bölgan bir neçta savollar tahririyatga kelmoqda. Şulardan birinçisi: pandemiya va karantin çeklovlari vaqtida işlamay turgan holatda tadbirkorlar soliq majburiyatini qanday qoplaydi?

– Birinçi navbatda tadbirkorlar söziga aniqlik kiritib oliş kerak. Agar yakka tartibdagi tadbirkor bölsa, prezidentimizning 5978-sonli farmoni bilan faoliyatini töxtatişga majbur bölgan yakka tartibdagi tadbirkorlardan qat'iy belgilangan daromad soliği va ijtimoiy soliq olinmasligi belgilangan. Bunday jarayon ular tomonidan elektron tarzda xabardor qiliş orqali amalga oşiriladi. Agar tadbirkorlik sub'yekti YaTT bölsa, www.soliq.uz saytida elektron imzo bilan kirgan har bir tadbirkor uçun imkoniyat yaratilgan. Xabardor qilingan oydan boşlab qat'iy belgilangan daromad soliği va ijtimoiy soliq hisoblanmaydi.

Aytaylik, mana şu YaTT buyum bozorida işlaydi. Bilamizki, buyum bozori yopiq. Lekin, uning elektron imzosi mana şu bozordagi dökonida qolgan. Özining uyi undan 40-50 km uzoqlikda joylaşgan. Bunday holatlarda nima qiliş kerak, degan savol tuğiladi. Bu paytda, biz şunday tavsiyani berar edikki, YaTT karantin oçilganidan keyin ham xabarnomasini, aytaylik, may oyida jönatsa, bunday tadbirkorlik sub'yektlari soliqqa tortilmaydi.

Fazliddin Umarov / Foto: Davlat soliq qömitasi matbuot xizmati

– Faqatgina YaTT bölmasdan, MÇJ yoki yuridik şaxs maqomidagi tadbirkorlik sub'yektlari qanday yöl tutadi?

– Bunday holatlarda, yuridik şaxs sifatida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik sub'yektlarini ham qöllab-quvvatlaşga qaratilgan qator norma va me'yorlar belgilandi. Xususan, bunday korxonalar uçun resurs soliqlari (yer, mulk va suvdan foydalanganlik uçun soliq) va pandemiyagaça bölgan qarzdorliklarni undiriş, şuningdek, penya hisoblaşni töxtatib turiş böyiça norma kiritilgan.