Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston bojxona tartibotlarini soddalashtirish to‘g‘risidagi xalqaro konvensiyaga qo‘shiladi
Senatning o‘ninchi yalpi majlisida senatorlar “Bojxona tartibotlarini soddalashtirish va uyg‘unlashtirish to‘g‘risidagi xalqaro konvensiyaga (Kioto, 1973 yil 18 may, 1999 yil 26 iyundagi o‘zgartirishlar bilan) qo‘shilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini muhokama qildi.
Ta'kidlanganidek, mamlakatda islohotlarning istiqbolda natijadorligini ta'minlash, xususan bojxona faoliyati samaradorligini oshirishda soha qonunchilik bazasini takomillashtirish, uni xalqaro huquq normalariga muvofiqlashtirish bugungi kunda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Mazkur Qonun Kioto konvensiyasi qoidalari asosida O‘zbekiston bojxona qonunchiligi, tartibotlarini soddalashtirish va uyg‘unlashtirish orqali mamlakat tashqi savdo faoliyatini rag‘batlantirish maqsadlariga qaratilgan.
Kioto konvensiyasi qoidalari tavsiyaviy xarakterdagi standartlar shaklida Jahon bojxona tashkiloti tomonidan ishlab chiqilgan.
MDH mamlakatlaridan Ozarboyjon, Armaniston, Belarus, Qozog‘iston, Rossiya, Tojikiston va Ukraina davlatlari Kioto konvensiyasiga qo‘shilgan.
Majlisda ushbu Qonunning qabul qilinishi kelgusida mamlakatning investitsion jozibasini oshirish, nufuzli xalqaro reytinglardagi o‘rnini yaxshilash, shuningdek, bojxona qonunchiligini takomillashtirishning strategik yo‘nalishlarini belgilashda muhim ahamiyatga ega ekanligi ta'kidlandi.
Shu bilan birga, Konvensiyaga a'zo bo‘lish mamlakat tashqi savdo faoliyatini yanada rag‘batlantirish imkoniyatini taqdim etib, jahon iqtisodiyotiga integratsiyalashuvi, xususan, O‘zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga qo‘shilishi jarayonlariga ijobiy ta'sir ko‘rsatishi aytib o‘tildi.
Ushbu Qonun senatorlar tomonidan ma'qullandi.
Mavzuga oid
11:00 / 08.03.2025
“Xodimlarning aralashganligi holati aniqlanmadi” – “Yallama” postidan yuzlab avtomobillarning g‘ayriqonuniy olib o‘tilishida bojxonachilar ishtiroki haqida
11:23 / 25.02.2025
Xalqaro avtobus qatnovlarida yo‘lovchi ma’lumoti bojxona postiga oldindan yetkaziladi
20:25 / 24.02.2025
Bojxona postlarida yengil avtomobil va avtobuslar uchun qizil va yashil yo‘laklar joriy qilinishi mumkin
09:31 / 21.02.2025