Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qashqadaryoning beshta tumani bog‘dorchilik va uzumchilikka ixtisoslashtiriladi. Viloyatda 1,5 ming gektar pistazor qilinadi
Qashqadaryoning beshta tumani, Yakkabog‘, Qamashi, Chiroqchi, Shahrisabz va Kitob tumanlari bog‘dorchilik va uzumchilikka ixtisoslashtiriladi. Bu haqda bugun xalq deputatlari Qashqadaryo viloyati kengashining sessiyasida Zoyir Mirzayev aytib o‘tgan.
Viloyat hokimi 2021 yilda viloyatda amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan ishlar haqida ma'lumot berar ekan, viloyatdagi beshta tuman bog‘dorchilik va uzumchilikka ixtisoslashtirilishini va bu tumanlarda uzumzorlar hamda mevazor bog‘lar tashkil etilishini bildirgan.
Zoyir Mirzayevning so‘zlariga ko‘ra, 2021 yilda yuqorida nomlari keltirilgan beshta tumanda 12,1 ming gektar, shundan 7,3 ming gektar intensiv bog‘, 4,7 ming gektar uzumzor barpo etiladi. Jumladan, 1 758 gektar olma, 1 243 gektar bodom, 1 875 gektar pista, 1 277 gektar yong‘oq, 543 gektar o‘rik, 196 gektar anor ekiladi.
Shahrisabz va Kitob tumanlarida 10 gektar yerda malina, Qamashi tumanida 100 gektar yerda pomidor yetishtirish, Kitob tumanida 300 gektar maydonda anorzor va tokzor tashkil etiladi.
Bundan tashqari, Shahrisabz tumanidagi «To‘damaydon» va «Uloch» mahallalarida 1 000 gektar lalmi yerga suv chiqarib, kooperatsiya asosida uzumzorlar tashkil qilinadi.
Yakkabog‘ tumanida 50 gektarda danakli va yong‘oq mevali daraxtlarning intensiv ko‘chatlarini yetishtirish uchun maxsus bog‘ qilinadi.
Dehqonobod tumani va viloyatning tog‘oldi hududlarida
1 500 gektar maydonda pista plantatsiyalari tashkil etiladi.
Dehqonobod tumani «Oqtosh-Beliboyli» MFY hududida 70 gektar lalmi maydonda zamonaviy intensiv uzumzorlar barpo qilinadi.
Mavzuga oid
19:37 / 04.06.2026
Qashqadaryolik eshak go‘shti savdogari: u uch oyda ikki bor sudlandi
08:29 / 26.05.2026
Qashqadaryoda IIB xodimi pora bilan ushlandi
19:41 / 20.05.2026
Qashqadaryoda 25 yoshli yigit sel oqizib ketishi oqibatida halok bo‘ldi
11:45 / 18.05.2026