Angrendan Kaliforniyagaça: UBER'da işlayotgan 23 yoşli özbek yigiti bilan suhbat
|19:37 / 20.12.202053 69612 min
Darxonbek Mamataliyev 23 yoşda. U 2015–2019 yillarda Toşkentdagi Inha universitetida tahsil olgan. Hozirda xalqaro UBER kompaniyasida IOS dasturçi-injyeneri bölib işlamoqda.
Darxonbek «Osmondagi bolalar» loyihasiga bergan intervyusida dasturlaşga kirib kelgani, yirik kompaniyalarga işga kirişi qanday keçgani haqida gapirib berdi.
«Ota-onam – öqituvçi. Ular men uçun eng zör investor»
— Dasturlaşga qiziqişim maktab davridan ham avvalroq bölgan. Kiçikligimda dadam kompyuter olib kelganda Paint'da rasmlar çizardim. Excel, Word'ni zör bilardim. Ota-onam öqituvçi bölganliklari uçun şu dasturlarda ularga öquv materiallarini tayyorlab berardim.
Maktabda 9-sinfda informatika fanidan HTML böyiça darsda veb-sayt yozganman. Samsung Galaxy S3 va iPhone 4S telefonlari taqqoslangan jurnalni sayt qilganman. Şundan keyin HTML menga juda ham yoqib qolgan. Öşa paytlarda bir akam Linux'da işlardi. U hatto siçqonça işlatmasdi, hamma işni klaviaturada juda tez qilardi. Uni juda zör dasturçi deb öylab, havas qilganman, unga öxşamoqçi bölganman.
Kollejda öqib yurganimda algoritmlar böyiça MDH davlatlari orasidagi olimpiadada qatnaşganman. Heç qaysi topşiriqni işlay olmay, uyalib çiqib ketganmiz. Şunda sohani çuqur örganiş kerakligini tuşunganman. Toşkentga kelib, S++ dasturlaş tilini öqiganman. Bu menga juda yoqqan. Kelasi yil yana öşa olimpiadada qatnaşib, yarim finalga çiqqanmiz va menda motivatsiya paydo bölgan. Keyinçalik turli tanlovlarda qatnaşib, şu sohaning içiga kirib ketdim.
Informatikadan respublika olimpiadasida qatnaşganman, lekin yuta olmaganman. Yutmaganim ham bir tomondan yaxşi bölgan, yutganimda balki bu sohaga kirmasdim. Öşanda Toşkent şahrida Janubiy Koreyaning Inha universiteti oçilişini, u axborot texnologiyalari böyiça mutaxassis tayyorlaşini eşitganman. U paytda TATUga kirişni orzu qilib yurganmiz, INHA men uçun Harvard, Oksforddek bölgan. Öqiy olmasam kerak deb öylaganman. Çunki pul yöq, IELTS yöq. Lekin iştiyoq bor. Universitetning özidagi tayyorlov kursida yarim yil qatnaşib, keyin öqişga kirganman.
Dadam – fizika-matematika, onam – rus tili va adabiyoti öqituvçisi. Örtaça oylik budjetimiz öşanda 300 dollar atrofida bölgan. Öqişimning yillik kontrakti esa 2,5 ming dollar. Juda qiynalganmiz. Oilada tört farzandmiz. Kontrakt tölaş qiyin bölgan, lekin ota-onam pul muhim emasligini, asosiysi bilim ekanini bilişgan. Ota-onam men uçun eng zör investor deb hisoblayman. Toğalarim ham ziyoli odamlar. Ular uy-joyga emas, odamlarga, ta’limga investitsiya qiliş kerak, deb ota-onamga aytişgan.
Öqişning birinçi yilida ta’limdan qoniqmaganman. Çunki men oddiy kollejdan çiqqanman, Inhada esa hamma darslar ingliz tilida böladi, unda yaxşi litsey, maktablardan kelgan bolalar bor edi. Ikkinçi yil birinçi semestrdan keyin kontrakt tölaşga umuman pulim qolmagan va öqişni taşlaş haqida öylaganman. Şunda ham ota-onam, toğalarim öqişni davom ettirişga köndirişgan. Şunçalar jahl qilib, heç narsaga qaramay, butun borliğimni öqişga berib öqiganmanki, talabalar orasida eng yuqori ballni olganman. Va keyingi semestrda bepul öqiş uçun grant yutib olganman.
Mavzuga oid
Öqisa bölar ekan-ku, deb davom ettirganman va keyingi semestr uçun ham grant yutganman. Öqişda yaxşi natijalar körsatiş uçun töğri strategiyalardan foydalaniş kerak xolos.
«Loyiha topşirmagan bölsam-da, Koreyaga grant berişgan»
Darxonbek Mamataliyev
— Öqişni bitirganim bilan tajribam bölmasa, heç kim meni işga olmasligini bilganim uçun iş izlay boşladim. 2015 yilda Farhod Musayev degan inson bilan tanişganman, öşanda Özbekistonga birinçi bölib bolalarga dasturlaşni örgatiş loyihasini – Codecraft'ni olib kirganmiz. 8–9 yoşli bolalarga dasturlaşni örgatiş böyiça iş boşlaganmiz. Darsliklarni özimiz tuzib çiqqanmiz.
Işni 15 nafar bola bilan boşlagan bölsak, hozirgaça Codecraft'da minglab bolalar dasturlaşni öqib çiqişgan.
Kunduzi öqib, keçqurun bolalarga dasturlaşdan dars berardim. Bu loyihadagi ikki yillik faoliyatim davomida 3ta darslik tuzdim, 500dan ziyod bolani öqitdim. Codecraft tufayli men Inhada grant uçun loyiha topşirmagan bölsam ham, Janubiy Koreyada öqiş uçun grant berişgan.
Bu işlarimni körib, 2018 yilda Microsoft kompaniyasi meni Singapurdagi öqituvçilar konferensiyasiga – Educator’s Exçange'ga taklif qilgan. Singapurda Microsoft'ning sertifikatsiyasidan ötganman, ya’ni hozir ta’lim beriş böyiça bu kompaniyaning sertifikatiga egaman.
«Öqişdagi yutuqlar va amaliyot – mutlaqo boşqa-boşqa narsalar»
— 2016 yilda Farhod Çinberdiyev degan dasturçi bilan uçraşganman. U meni nima bilan hayron qoldira olasan degan. Öqişdagi yutuqlarim, Windows Phone uçun dasturlar yozib yurganimni körsatganman. Lekin u men qoyil qolmadim, bularning barçasi heç narsa emas degan. Bu menga juda qattiq tekkan, lekin hayotimda buriliş nuqtasi bölgan.
Özimni dasturlaşni zör bilaman deb öylaganman, talabalar orasida zörman degan illyuziyaga berilganman. Lekin Farhod Çinberdiyev mening közimni oçgan. Odam öqişda zör bölgani bilan, amaliyot – mutlaqo boşqa. Universitetda zör öqib, tanlovlarda yutib yuriş va qaysidir kompaniya uçun real mahsulot ustida işlaş – umuman boşqa-boşqa narsalar. Bunga boşqaça bilim, könikma, dissiplina kerak. Lekin bunaqa narsa talabalarda yöq, bular universitetda öqitilmaydi.
Talabalar – dissiplinasi yöq odamlar. Işlaş esa dissiplinaga örgatadi, real könikmalarni beradi, odam öz ustida işlaşni boşlaydi.
— Koreyaga borib kelganimdan keyin yana Farhod Çinberdiyevga aloqaga çiqdim, bu gal öz ustimda işlagan, qölimda tayyor mahsulotim bor edi. Super Dispatç'ga stajirovkaga kirdim. Bu yerda 6 oy bepul işlaganman. IOS'ni noldan örganganman. Keyin şu yerning özida menga iş berişlarini aytişgan. Işonmaganman. Çunki menda impostor sindromi, ya’ni özimga nisbatan işonçsizlik bölgan. Ular zör, men bunaqa işlarni qila olmasam kerak degan öy bor edi. Bu hammada böladi, har kim bundan ötişi kerak.
2018 yil qiş oylarida Super Dispatç'ga yarim stavkaga işga kirib, 200 dollar oylik olganman. 2019 yilda grin-kard yutib olgaç, Super Dispatç'dan ketdim va hali Özbekistonda böla turib, AQŞda iş izlay boşladim.
«EPAM'da katta dasturçi-muhandis lavozimini berişgan»
— Men Özbekistondagi birinçi Microsoft student partner, ya’ni kompaniyaning universitetidagi elçisi bölganman. Kompaniya nomidan avval universitetda, keyin Qozoğistonda qizlarga robototexnikani örgatiş böyiça tadbir qilganmiz. Şunda Microsoft'da işlaydigan Nurlan degan inson bilan uçraşdim, AQŞda iş izlayotganimni aytdim. U öz navbatida EPAM (AQŞdagi IT kompaniya)da işlovçi Oljas ismli boşqa qozoq insonga men haqimda aytgan. Bunga avvaliga e’tibor bermadim, ammo oradan ozroq vaqt ötib, Oljas meni EPAM'da referal qilib olişini, rezyumemni kompaniya içki tizimiga körib çiqişlari uçun yuborişini aytgan.
Referal oliş bu – referal berayotgan odam sizni kompaniyaga tavsiya qiladi. Kompaniyaga töğridan töğri hujjat topşirganda rekruterlar e’tibor bermasligi mumkin, çunki ularga minglab arizalar kelib tuşadi. Ammo referal orqali topşirganda uni rekruterlar köriş ehtimoli kafolatlangan.
Şunday qilib, bir haftadan keyin men bilan rekruter boğlangan. Kompaniya menejerlari bilan suhbatdan ötganman, lekin ularning mijozlari bilan bölgan suhbatdan öta olmaganman. Boşqa loyiha uçun qilingan ikkinçi intervyu muvaffaqiyatli ötdi. Suhbat bir yarim soat çözilgan. Intervyu uzoq davom etdimi, bu yaxşi signal. Çunki bu sizga özingiz haqingizda köp gapirişga ruxsat berildi, degani. Şuni unutmaslik kerak, suhbat jarayonida faqatgina sizdan savol söraşmaydi, siz ham ularga savol berasiz, maoş, şaroit, jamoa, bonuslar, yuklama haqida söraş kerak.
Super Dispatç'da quyi (junior) dasturçi bölib işlagan bölsam, EPAM'da katta (senior) dasturçi-injyenerlik lavozimini berişgan. Kuniga 8 soat işlardim, kiçik muddatlarga şartnoma tuzilganda, keyinçalik uning muddatini çözib borganman.
Töliq stavkaga ötmasligimning sababi – şartnoma asosida işlaydiganlarga köproq pul tölanadi. Çunki ularning iş xavfsizligi ta’minlanmagan, mehnat ta’tili yöq. Tavakkal katta bölgani uçun oylik ham yuqori. Töliq stavkaga işga ötkazişlarini aytib, lekin maoş kamayişini aytişgaç, yana iş izlaşimga turtki bölgan.
Boşqa dasturçi yoşlarga ham EPAM'da işlab körişini maslahat beraman. Bu yerda belarusiyalik, ukrainalik, rossiyalik mohir dasturçilar bilan tanişiş, ulardan iş örganiş imkoniyati katta.
UBER'ga işga qanday kirdim?
— EPAM'dan ketadigan bölgaç, köplab kompaniyalarga rezyume yubordim. Reddit va UBER'ning suhbatlaridan ötib, işga kirdim. Ikkalasi bilan savdolaşgandan keyin tanlov qilganman. Mahsulot, ösiş darajasi, kompaniyadagi muhit, oylikdan kelib çiqib, UBER'ni (taksi xizmatini taklif etuvçi ilovani işlab çiqqan kompaniya – tahr.) tanlaganman.
Karantin bölgani uçun uyda işlaganman, intervyuga yaxşi tayyorgarlik körganman. Dasturçilar yirik kompaniyalarga işga kirmoqçi bölsa, Cracking the Coding Interview kitobini öqib çiqişni maslahat beraman. Bu – eng yaxşi qöllanma.
Şuningdek, LeetCode platformasida masalalar yeçganman, 50ta mok-intervyu qilganman. Ya’ni işga kirmoqçi bölgan ikki injyener bir-biridan intervyu oladi, masala beradi va bir-biriga izoh beradi. Bu haqiqiy intervyudan ötiş uçun yaxşi tayyorgarlik.
Muvaffaqiyatimning asosiy omillari haqida
— Muvaffaqiyatimning eng birinçi omili – ota-onam, qarindoşlarimning qilgan investitsiyasi.
Ikkinçidan, har bir iş joyimda ajoyib mentorlar bilan işlaganman. Mentor ösişingizga yordam beradi. Siz işlamoqçi bölgan kompaniyada özingizdan kuçliroq mutaxassis bölsa, bu yerga işga kiring. Aks holda ösiş bölmaydi.
Men dunyodagi har bir bola tekin va sifatli ta’lim olişga haqli, deb hisoblayman. Çunki tekin ta’lim sifatli bölmasligi mumkin. Men sifatli ta’lim olganman, lekin u tekin bölmagan.
18 yoşli Darxonga köproq amaliyot öta, kitob öqigin, degan bölardim.
Öqişga kira olmagan yoşlar nima qilişi kerak?
— Stajirovkaga topşirib köriş kerak. Aynan universitetga borib öqiş şart emas. Turli kurslar, ta’lim markazlariga borib öqiş kerak. Dasturlaşda heç kim diplom talab qilmaydi, qölingizdan qanday iş kelişini söraydi.
Albatta, universitetning ham foydasi bor. Özi örgangandan köra universitetni öqiganlar kuçliroq böladi deb öylayman. Universitetni öqiş iş vizasini olişga bonus böladi, oylik ham köproq bölişi mumkin.
Özbekistonda axborot texnologiyalari rivojlanişi uçun avval internetni yaxşilaş kerak. Yana bizda yirik loyihalar kam. Köp zamonaviy instrumentlar katta mahsulotlarda işlaydi. Odamlar köp joyda örganiş ham oson böladi. Bizda esa bunaqa loyihalar kam.
Dasturlar böyiça kitoblar ham qimmat. Bitta kitob 30–40 dollar turadi. Ularni arzonroq sotiş çorasini qiliş kerak.
Yoşlar özining ingliz tili könikmalarini kötarişi kerak. Til bilsa, imkoniyatlar oçiladi. Dasturlaşda barça ma’lumotlar ingliz tilida. Zör ma’lumotlardan foydalaniş imkoniyati oçiladi.