Darxonbek Mamataliyev 23 yoşda. U 2015–2019 yillarda Toşkentdagi Inha universitetida öqigan. Hozirda xalqaro UBER kompaniyasi IOS dasturçi-injyeneri bölib işlamoqda.
Darxonbek «Osmondagi bolalar» loyihasiga bergan intervyusidan dasturçilikka qanday kirib kelgani va UBER'ga işga kiriş jarayoni haqidagi fikrlarini taqdim etgan edik. Intervyuning 2-qismida yirik kompaniyalarga işga kiriş jarayoni qanday bölişi, yaxşi iş beruvçilarning nazariga tuşiş uçun nimalar qiliş kerakligi haqida söz boradi.
Angrendan Kaliforniyagaça: UBER'da işlayotgan 23 yoşli özbek yigiti bilan suhbat
«Işonçsizlikni yenga oliş kerak»
— Inhada öqiganimdan afsuslangan paytlarim ham bölgan. Ketgan pulimga, ta'lim sifatiga ba'zida afsuslanganman. Bora-bora menga buning farqi bölmay qolgan. Çunki Inhada olgan asosiy narsam – netvork, ya'ni tanişlar va döstlar bölgan. Bu menga keyinçalik ham katta yordam bergan.
Diplomim hozir Inhada yotibdi, hali uni olganim yöq. UBER'ga işga kiriş uçun diplom kerak bölmadi, söraşmadi.
Hozirgaça Google, Amazon, Facebook, Apple, Robinhood, Uber, Reddit kompaniyalarida intervyudan ötganman. Ularning heç birida diplom töğridan töğri söralmaydi. Diploming bormi, degan savol bölmaydi. Diplom rezyume töldirişda öqiş joyini körsatiş uçun qöl kelişi mumkin. Öqiş joyingiz körsatilmasa-yu, lekin iş tajribangiz katta bölsa ham, işga kiriş imkoniyati yuqori.
Hozir özbekistonlik yoşlar til bilsa, iş vizasi bölsa, xalqaro kompaniyalarga bemalol hujjat topşirsa böladi. Faqatgina imposter sindromini, ya'ni öziga nisbatan işonçsizlikni yenga oliş kerak.
Özingizdagi qobiliyatlarga yaxşi baho beriş, lekin izlanişdan ham töxtab qolmaslik kerak. Men bu kompaniyalarda işga munosib emasman deb öylamaslik kerak. Öqiş davrida ham hujjatlarni topşiraveriş kerak.
Agar suhbatga çaqirişsa, men tayyor emasman, deb qörqiş emas, qatnaşiş kerak. Birinçi suhbatdan yiqiliş mumkin, bu tabiiy. Lekin yiqilsangiz ham, heç kim sizni yeb qöymaydi, uruşmaydi.













