Bolalar ombudsmani joriy yilning iyul oyida Angren şahrida zöravonlik jinoyati qurboni bölgan, hozirda Respublika ixtisoslaştirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazida davolanayotgan voyaga yetmagan qizning soğligi va psixologik holatini örganiş maqsadida şifoxonaga taşrif buyurdi.
Ombudsmanning qiz bilan suhbati davomida u özining salomatlik holati, ota-onasi va oila a’zolariga nisbatan emotsional munosabati, işonçi, şuningdek, davolaniş tugagandan keyin qayerda va qaysi oila a’zosi bilan yaşaşni istaşi haqida fikr bildirdi.
Şifokorlar ma’lumotga köra, tibbiy xodimlarning mas’uliyatli mehnati, qizga körsatilayotgan e’tibor, mehr va ğamxörlik tufayli uning soğliği yaxşilangan, tana vazni oşgan va umumiy ahvoli barqarorlaşgan.
Bolalar ombudsmani söroviga binoan Milliy gvardiya huzuridagi Bolalar psixologiyasi markazidan malakali psixolog jalb qilingan. Psixolog tomonidan qizning ruhiy holati böyiça muntazam muolajalar olib borilmoqda. Xulosaga köra, unda ruhiy holatda ijobiy özgarişlar kuzatilmoqda, u bosqiçma-bosqiç posttravmatik holatdan çiqib bormoqda.

Şu bilan birga, qizning tibbiy davolanişi davom etayotgani, bir vaqtning özida ruhiy posttravmatik tiklaniş bosqiçida ekani inobatga olinib, uning holatini barqarorlaştiriş va yana qayta travmatizatsiyaning oldini oliş maqsadida davolaniş tugagaç, uni neytral va xavfsiz oilaviy muhitga joylaştiriş maqsadga muvofiq ekani ta’kidlanmoqda.
Ma’lum qilinişiça, qizga nisbatan sodir etilgan jinoyat böyiça tergov harakatlari yakunlangan, jinoyat işi materiallari sudga yuborilgan va hozirda sud muhokamasi bosqiçida.
Bolaning eng ustuvor manfaatlarini ta’minlaş maqsadida Bolalar ombudsmani mazkur jinoyat işi böyiça sud jarayonida iştirok etadi. Şuningdek, davolaniş yakunlanganidan söng voyaga yetmagan qizni xavfsiz oilaviy muhitga joylaştiriş çoralarining amalga oşirilişi ustidan kuzatuvni davom ettiradi.








