Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoyda Oydan yetkazilgan tuproq namunasi o‘lchandi
Xitoyning “Chan'e-5” zondi Oydan Yerga yetkazgan tuproq namunasi o‘lchanib, Xitoy Fanlar akademiyasi prezidenti Xou Tszyangoga topshirildi.
Foto: Sinxua
19 dekabrda o‘tgan tantanali marosimda Xitoy milliy koinot boshqarmasi (CNSA) rahbari Chjan Ketszyan Oydan keltirilgan tuproq namunasini Tszyangoga topshirgan. Tuproq og‘irligi o‘lchanganda 1731 gramm chiqqan.
Marosimda Xitoy bosh vaziri o‘rinbosari Lyu Xe ham ishtirok etgan. U “Chan'e-5”ning missiyasini Xitoyning aerokoinot sohasidagi qudratini oshirishdagi muhim davr deb atagan.

Tuproq so‘ngra Fanlar akademiyasi qoshidagi Davlat astronomik observatoriyasining laboratoriyasiga berilgan. Endilikda olimlar namunalarni saqlash, tahlil qilish va o‘rganish bilan shug‘ullanishadi.
17 dekabrda “Chan'e-5” zondi moduli Yerga Oydan olingan tuproq namunalari bilan qaytgandi.
Mavzuga oid
11:01
AI va bolalar: Xitoy xavfli texnologiyalarga chek qo‘ymoqda
07:35
Reyting: Xitoy so‘nggi 20 yilda eng ko‘p qayerga sarmoya kiritdi?
18:28 / 01.04.2026
Xitoy asoschisi Mao haqidagi muhim ma’lumotlar aks etgan hujjatlar AQSh hududida qoladi
17:49 / 01.04.2026