Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Fransiya sog‘liqni saqlash vaziri mamlakatda koronavirusning yangi turi tarqalayotgan bo‘lishi mumkinligini aytdi
14 dekabrda Buyuk Britaniya sog‘liqni saqlash vaziri Mett Henkok mamlakatda koronavirusning mutatsiyaga uchragan, shitob bilan tarqaladigan yangi turi aniqlanganini ma'lum qilgandi.
Fransiya sog‘liqni saqlash vaziri Olive Veran mamlakatda koronavirusning mutatsiyaga uchragan yangi turi tarqalayotgan bo‘lishi mumkinligini aytdi.
"Fransiyada koronavirusning yangi shakli aylanib yurgan bo‘lishi mumkin. U Italiyada aniqlandi, bizda ham mavjud bo‘lishi ehtimoli bor. Koronavirusning bu turi bizda hozircha aniqlanmadi, ammo uni yo‘q deb ayta olmaymiz", dedi u Europe 1 radiosi efirida.
Veran Buyuk Britaniyada virusning yangi turi faol tarqalayotganligi sababli bu davlat bilan aviaqatnovlarni to‘xtatishga qaror qilinganligini aytib o‘tdi.
14 dekabrda Buyuk Britaniya sog‘liqni saqlash vaziri Mett Henkok mamlakatda koronavirusning mutatsiyaga uchragan, shitob bilan tarqaladigan yangi turi aniqlanganini ma'lum qilgandi. Buning ortidan qator mamlakatlar Britaniya bilan aviaaloqalarni to‘xtatdi.
Mavzuga oid
22:51 / 21.06.2026
Fransiyada jazirama issiq tufayli qizil darajadagi xavf e’lon qilindi
08:59 / 15.06.2026
Zelenskiy G7 sammitida Tramp bilan uchrashishini ma’lum qildi
20:32 / 13.06.2026
O‘zbekistonliklar uchun Fransiyada mavsumiy ish taklif etilmoqda
10:08 / 11.06.2026