Dunyoning bir neça davlatlarida, jumladan, Rossiya, Buyuk Britaniya va Kanadada koronavirusga qarşi vaksinatsiya jarayoni boşlanib ketgan. Birinçi navbatda tibbiyot xodimlari, qariyalar va jiddiy surunkali kasalligi bor aholi vakillari emlanmoqda. Biroq yil davomida intiq kutilgan vaksinaga ayrim joylarda işonçsizlik bilan qaraşmoqda.
Foto: AFPFoto: AFP
Rossiyada ötkazilgan bir neça sörovlar natijasida aholining «iqtisodiy faol» qatlami vaksinatsiyaga qarşi ekani ma'lum böldi. SuperJob rekruting kompaniyasi ötkazgan sörov natijalariga köra, 1600 respondentning 44 foizi vaksinatsiyaga qarşiligini aytgan bölsa, bor-yöği 22 foizi vaksina olişga roziligini bildirgan.
Hayratlanarli tomoni, vaksinatsiyaga vraçlar ham qarşi çiqişgan. «Spravoçnik vraça» servisi avgust oyida sörov ötkazgandi. Unda qatnaşgan 3000 nafar şifokorning aksari – 52 foizi Gamaleya markazi işlab çiqayotgan vaksinani olişga tayyor emasligini aytgan. Ularning köpçiligini preparatning samaradorligi haqidagi ma'lumotlar yöqligi va öta qisqa muddatda tayyor bölayotgani şubhaga solgan.
Koronavirus va uning oqibatlaridan 300 mingdan ortiq odam vafot etgan AQŞda bu boradagi raqamlar xiyol yaxşiroq. Associated Press ötkazgan sörov natijalari köra, amerikaliklarning qariyb yarmi vaksina olişga tayyorligini bildirgan. Respondentlarning 26 foizi keskin fikr bildirgan. Mutaxassislarning fikriça, kollektiv immunitet şakllanişi uçun aholining 70 foizi vaksina olişi şart. Odamlarni vaksinaning ehtimoliy nojöya ta'sirlari köproq taşvişga soladi.
Qisqaça qilib aytganda, koronavirusga qarşi vaksinani xavfli deyişga asos yöq. Nazariy jihatdan vaksina noxuş reaksiya berişi mumkin, lekin buning ehtimoli juda past.
Olimlar aynan nojöya ta'sirlarni oldindan köra oliş uçun ham eng quyidan boşlab sinovlar ötkazişdi. Namunalar avval laboratoriyalarda sinaladi. Keyin jonivorlarda. Ana undan keyingina odamlarda sinaladi. Masalan, Pfizer va BioNTech sinovlarida 40 mingdan ortiq köngillilar qatnaşgan.
Mavzuga oid
Undan taşqari, davlat regulyatorlari ham sinov ötkazişi mumkin. Masalan, Britaniyadagi Dori va tibbiy jihozlarni muvofiqlaştiriş agentligi (MHRA), AQŞ Oziq-ovqatlar va dorilar sifati böyiça boşqarmasi (FDA) va Rossiya misolida soğliqni saqlaş vazirligi tasdiqlaş uçun topşirilgan preparatlarni qöşimça sinaşlari mumkin.
Nojöya ta'sirlarçi?
Vaksinalarning ba'zilari kundalik yumuşlarni bajarişda xalal berişi mumkin, lekin yoqimsiz hislar bir neça kundan keyin ötib ketadi, deyiladi AQŞning kasalliklarni nazorat va profilaktika qiliş markazi bayonotida.
Nufuzli Science jurnalida yozilişiça, Amerika vaksinalari odamlarda kundalik işlarni qilişga xalal beradigan darajada jiddiy nojöya ta'sirlar uyğotmagan. Pfizer va Moderna vaksinalarini olganlarning 2 foizidagina tana harorati 39-40 darajagaça kötarilgan.
«Sputnik V» yaratuvçilari harorat kötarilişi, holsizlik, boş oğriği kabi nojöya ta'sirlar bölişini aytib, bir neça kunda ötib ketişini ma'lum qilişgan.
Köp davlatlarda vaksinaga işonç past. Odamlarni ehtimoliy nojöya tas'sirlar taşvişlantirmoqda
SERGEY KARPUKHIN/TASS
Stenford universiteti epidemiologi Ivonna Maldonado bu haqda şunday deydi: «Aksar vaksinalarning nojöya ta'sirlari böladi. Aslida bu organizm immun tizimining vaksinaga reaksiyasidir. Aynan şunday immun javob juda muhim».
Allergik reaksiyalar-çi?
Vaksinatsiya boşlangaç, ayrim vaksinalarning allergik ta'sirlari haqida ham gapirila boşlandi.
OAVda asosan Pfizer va BioNTech vaksinasini olgan Britaniya Milliy soğliqni saqlaş tizimi (NHS)ning ikki xodimida namoyon bölgan allergiya reaksiyasi muhokama qilinyapti. Muhim joyi – har ikki xodim ham allergiyasi bor insonlar, ular hatto özlari bilan şprits va adrenalin olib yurişgan. Hozir ular özlarini yaxşi his qilişmoqda. Undan taşqari, ular bilan bir kunda vaksina olgan ming nafar odamning birortasida reaksiya kuzatilmadi.
Şu kabi holat Alyaskada ham kuzatildi. Töğri, bu holatda vaksina olgunga qadar mijozda allergiya bölmagan. Reaksiya bölgaç, unga epinefrin qilingaç, allergiya çekingan.
Işlab çiqaruvçilar vaksinaning ma'lumotlar bukletida preparat tarkibida mavjud moddalarning biriga allergiyasi bor mijozlarga vaksina qilinmasligi yozib qöyilgan böladi. Pfizer va BioNTech preparatlarida allergiya qiçişiş, nafas yetişmovçiligi, yuz va tilning şişişi kabi holatlar bilan kuzatiladi, deb yozilyapti.
Bu yozuvlar mijozni çöçitişi mumkin, lekin bunday simptomlar asosan kuçli allergiyasi bor odamlarda kuzatiladi. Eng asosiysi – bunday holatlarda reaksiya kuzatilgan odamlarga tez yordam körsatişning sinalgan usullari mavjud.
Ötgan haftada Oregon ştatining Portlend şahrida emlaş jarayoni boşlandi. Suratda şifokorlar bir-birini tabriklaşmoqda / GETTY IMAGES
Undan taşqari, nafaqat koronavirus vaksinasi, balki istalgan preparat individual allergik reaksiya paydo qilişi mumkin. Mutaxassislar uçun bunday reaksiyalar kutilmagan holat emas. Har ehtimolga qarşi Britaniyaning Dorilar va tibbiy tovarlarni muvofiqlaştiruvçi agentligi (MHRA) dorilarga allergiyasi bor odamlarga emlanmay turişni tavsiya qildi.
Vaksinalar xavfsiz bölsa, nega davlat rahbarlari emlanmayapti?
Hozirgaça birortayam davlat rahbari emlangani yöq va bu haqda ommatan e'lon qilinmadi.
Vladimir Putinning aytişiça, «hozirda vaksina muayyan yoşdagilar uçun möljallangan».
«Men kabilarga hali vaksina yetib kelmadi. Şuning uçun men vaksina olmadim. Lekin imkoni bölişi bilan albatta olaman», degan 68 yoşli Putin.
Biroq Moskvaning 62 yoşli meri Sergey Sobyaninga yoşi vaksina olişi uçun tösiq böla olmadi.
«Aks holda Rossiya vaksinasini taşviq qilişim qiyin bölardi, çunki sörovlarga köra hatto bugun ham rossiyaliklarning yarmiga vaksina kerakmas, u hali oxirigaça işlab çiqilmagan degan şubha bor», degandi Sobyanin Putinga.
Vaksinatsiya boşlanmagan ayrim davlatlarning rahbarlari fuqarolardagi preparatga nisbatan şubhalarni tarqatiş uçun emlanişni özlari boşlab berişni e'lon qilişdi. «Sputnik V»ga qiziqiş bildirayotgan Argentina prezidenti Alberto Fernandes «heç kim qörqmasligi uçun» birinçi bölib emlanişga va'da berdi.
Filippin prezidenti Rodrigo Duterte ham «Sputnik V» vaksinasini namoyişkorona olişni e'lon qildi. «Menda sinab köringlar, bu yaxşiku», dedi u.
Putin yoşi tufayli hali emlanmasligini aytgan / SERGEI BOBYLEV/TASS
Yevropada esa aksar davlat rahbarlari vaksinani avvalo tibbiyot xodimlari olişlari kerakligini ta'kidlaşgan.
Nega boşqa vaksinalar ustida uzoq işlanadi, koronavirus vaksinasi esa nisbatan qisqa muddatda işlab çiqildi?
Vaksinani yaratişning özi kifoya emas, olimlar preparatning tez va oğriqsiz ta'sir qilişini istaydilar. Şuning uçun odatda vaksina işlab çiqiş bir neça yilga çöziladi.
Avvaliga preparatning çiqariliş şakli va nojöya ta'sirlari ustida izlanib, laboratoriyalarda uzoq sinovlar ötkaziladi. Kerakli xulosalarga kelingaç, hayvonlarda, köpinça, siçqonlarda sinovlar ötkazila boşlanadi.
Hayvonlarda ötkazilgan sinovlar muvaffaqiyatli yakunlansa, olimlar odamlarda tekşiruv ötkazişadi. Vaksina, avvaliga, xavfsiz ekaniga işonç hosil qiliş uçun kam sonli odamlarga beriladi (I faza). Ana şundan keyingina inson immunitetiga ta'siri örganila boşlanadi (II faza). Keyingi bosqiç aholining turli qatlamlarida sinab köriş böladi (III faza). Bunda preparat bolalar, örta yoşlilar, qariyalar, turli kasalliklarga çalinganlarda sinaladi.
Nojöya ta'sirlar kam bölgani va ança keyinroq paydo bölişi mumkinligi bois, vaksinatsiyadan keyin köngillilar yillar davomida kuzatiladi. Ana şundan keyingina klinik sinovlar tahlil qilinadi va xulosa ijobiy bölgan taqdirdagina ommaviy ravişda işlab çiqarişga qaror qilinadi.
Yirik farmkompaniyalar klinik sinovlar bilan parallel ravişda, hali natijalar ma'lum bölmasidan,
millionlab dozadagi buyurtmalarga ulguriş uçun vaksinani ommaviy işlab çiqarişni boşlab yubordi
Koronavirusga qarşi vaksinani işlab çiqiş favqulodda holatlarda olib borildi va köplab rasmiyatçiliklarni çetlab ötişga töğri keldi.
Masalan, hayvonlar emas biratöla odamlar sinaldi. Yirik farmkompaniyalar (masalan AstraZeneca) klinik sinovlar tugamasidan va demakki vaksina qançalar samaradorligini aniq bilmasdan turib preparatni millionlab dozada işlab çiqara boşlaşdi. Sinovlar tugamasidan davlat sertifikatini oliş esa («Sputnik» misoli), misli körilmagan voqea böldi.
Undan taşqari, farmkompaniyalar muammo global xarakterga ega ekani bois vaksinani işlab çiqariş uçun ança köp mablağ sarflab yuborişdi. Ammo tez işlab çiqildi degani xavfsizlik protokollari butunlay çetlab ötildi degani emas.
Emlaniş uçun boşqa davlatga borsa böladimi?
Hozirça bu imkonsiz. Vaksinatsiya boşlangan davlatlarda emlaniş tartibi mahalliy boşqaruv organlari tomonidan belgilanadi.
Masalan, Rossiya hududida vaksinatsiya Moskvada boşlandi va boşqa hududlarga preparatlar yetkazilişi endi boşlandi. Emlaniş birlamçi risk guruhidagi odamlardan boşlandi. Ularga odamlar bilan köp muloqotga kirişadigan aholi qatlami kiradi. Masalan, tibbiyot xodimlari, savdo va xizmat sohasidagi odamlar va hokazo. Imkoni boriça, röyxat kengayib boraveradi.
GETTY IMAGES
Joylarda vaksina turizmi uyuştirişga harakatlar böldi. Masalan, kelib çiqişi rossiyalik bölgan Pragada yaşovçi tadbirkor Rossiyada ommaviy emlaniş boşlanişi bilan yevropaliklarga tur taşkillaştirmoqçi böldi. Rossiya hukumati bunga tezda javob berib, firibgarlik deb baho berişdi.
«Tijorat maqsadidagi vaksinatsiyaning iloji yöq. Ommaviy emlaniş boşlandi va u bepul. Prioritet – rossiyaliklar. Içki talab qondirilib, barça emlanib bölgaçgina tijorat haqida öylaşimiz mumkin böladi», deb bayonot bergan Rossiya soğliqni saqlaş vaziri yordamçisi Aleksey Kuznetsov.
Vaksinalar bir-biridan nima bilan farqlanadi?
Rossiya va Britaniya vaksinalari («Sputnik V» va AstraZeneca) vektor texnologiyalari asosida işlab çiqarilyapti. Bunday texnologiyada bir virusning genetik materialini yetkaziş uçun oddiy şamollaşning adenoviruslar oilasidan bölgan boşqa bir virusning qobiğidan foydalaniladi. Bu yillar davomida vaksina yaratilişida foydalanib kelingan texnologiya. Masalan, Ebola virusiga qarşi vaksina şunday yaratilgan.
Moderna va Pfizer/BioNTech vaksinasi esa boşqaçaroq usulda yaratiladi. Bunda innovatsion RNK matritsasi texnologiyasidan foydalaniladi. Koronavirusga qadar birorta vaksina bu usulda yaratilib, odamlarda foydalaniş uçun tasdiqdan ötmagan.
Bir texnologiya böyiça yaratilsa, «Sputnik» va Oksford vaksinalarining farqi nimada?
«Sputnik» yaratuvçilari qobiq sifatida inson adenovirusidan foydalanişsa, Oksford tadqiqotçilari şimpanze adenovirusidan foydalanişadi.
Yöq, emlangandan keyin siz adenovirus bilan kasallanmaysiz. Gap şundaki, kasallik qözğatuvçi adenovirus geni yöq qilinadi. Uning örniga koronavirus oqsili kodi bilan gen joylaştiriladi. Bu immun tizimiga turib bera oliş va antitanaçalar işlab çiqariş imkonini beruvçi xavfsiz texnologiyadir. Antitanaçalar esa sizni şikastlanişdan saqlaydi. Vaksina bu – soğlom odam tez tuzalib ketişi kafolatlangan holda virus yoki bakteriya bilan atay şikastlaşdir.
Har ikki variantning ham öz ustunlik va kamçiliklari bor. Şuning uçun ham rossiyalik va britaniyalik tadqiqotçilar loyihani qöşma tarzda davom ettirişga qaror qilgan körinişadi.