Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston-Xitoy hamkorligi doirasida 20ta ilmiy-texnik loyiha moliyalashtiriladi
O‘zbekiston Innovatsion rivojlanish vazirligi va Xitoy Fan va texnologiya vazirligi o‘rtasida imzolangan hamkorlik shartnomasi doirasida e'lon qilingan ilmiy-texnik loyihalar tanlovi natijalariga ko‘ra, Innovatsion rivojlanish vazirligi hay'ati tomonidan 20ta loyiha moliyalashtirilishi haqida qaror qabul qilindi.
O‘zbekiston–Xitoy hamkorligida o‘tkazilgan ilmiy-texnik loyihalar tanloviga jami 61ta loyiha kelib tushdi. Xitoy tomondagi hamkor tashkilotlardan tanlovga loyihalar topshirilmaganligi tufayli 6ta loyiha tanlovdan chetlashtirildi. 55ta ilmiy-texnik loyiha ilmiy-texnik kengashlarda ekspertizadan o‘tkazildi.
Ekspertiza jarayonida har bir loyihaga ikkitadan ekspert tayinlandi. Ilmiy-texnik kengashlar yig‘ilishida har bir loyiha rahbarining taqdimoti tinglandi, ekspertlar tomonidan berilgan xulosalar muhokama qilindi. Natijalarga ko‘ra, 32ta ilmiy-texnik loyiha moliyalashtirishga tavsiya qilindi, 22ta ilmiy-texnik loyihani moliyalashtirishni rad etish bo‘yicha xulosa berildi.