Sport | 17:48 / 22.12.2020
10029
2 daqiqa o‘qiladi

Jaloliddin Masharipov legionerga aylanadi. Unga arab klubidan taklif bor

Toshkentning «Paxtakor» klubi yetakchilaridan biri Jaloliddin Masharipov klubni tark etib, 2021 yilda legionerga aylanadi. Tribuna.uz manbasi xabar berishicha, Saudiya Arabistonining «An-Nasr» klubi ushbu 27 yoshli hujumkor yarimhimoyachi transferi masalasida Toshkent jamoasiga taklif bilan chiqqan.

Manbaning yozishicha, ar-riyodliklar klubi Masharipov uchun «Paxtakor»ga 1,7 million yevro to‘lab berishga tayyor. «Paxtakor» esa o‘z tarbiyalanuvchisi uchun 2 million yevro so‘ragan. Muzokaralar tez orada yakunlanishi kutilmoqda. 

Jaloliddin Masharipovning o‘zi ham Yevropadan taklif tushmasa, yangi mavsumda Osiyo Chempionlar ligasida ishtirok etadigan klubga o‘tishga qarshi emas.

Avvalroq, futbolchiga Turkiya va Qatar klublaridan qiziqish borligi haqida xabarlar tarqalgandi.

Masharipovdan tashqari, «Paxtakor»ning yana ikki futbolchisi Dostonbek Hamdamov va Igor Sergeyev ham legionerga aylanishi kutilmoqda. 

21 dekabr kuni «Paxtakor» bosh murabbiyi Shota Arveladze uch yillik faoliyatidan keyin klubni tark etgani haqida ma'lum qilgan edi. Yakunlangan mavsumda O‘zbekiston chempioni va mamlakat kubogi sohibi bo‘lgan klubning yangi bosh murabbiyi yanvar oyida e'lon qilinadi.

Mavzuga oid