«Muhim 3 oçkoga ega çiqib, JÇ-2026 sari yana bir qadam taşladik. Keyingi Eronga qarşi bahs biz uçun finalga teng uçraşuv. Eron bilan bahsda yutsak, JÇ-2026ga çiqiş masalasini 99 foizga hal qilamiz.
Penaltidan foydalana olmadim? Bu futbolda bölib turadigan holat. Muhimi ğalaba qozondik.
11 metrlik zarbani ijro etişimdan oldin Otabek Şukurov va Jaloliddin Maşaripov bilan muhokama qildik, özi yarim jamoa penaltidan gol ura olmasligimni sezgan ekan. Özi penaltini kam tepaman», - deydi Eldor Şomurodov.
Jaloliddin Maşaripov Eronga qarşi maydonga tuşmasligi haqida fikrini bildirdi.
«Oson öyin bölmadi. Yaxşi imkoniyatlardan foydalana olmadik. Asosiysi 3 oçkoga ega çiqdik.
Eldorni oldiga borib “penaltini tepasanmi yoki men tepaymi” dedim. U tepaman degaç, xöp dedim.
Eronga qarşi öyinda istalgan futbolçi maydonga tuşişni istaydi, özim ham öşa paytda bekor yiqildim. Endi Tehronda öynay olmayman. Hozir JÇ-2026ga 90 foizga yaqinlaşdik», - dedi Jaloliddin Maşaripov.
«Muhimi – uç oçkoga ega çiqdik, «Ozodi»da oson bölmaydi». Kapadze Qirğiziston ustidan ğalaba, Eldorning zarbasi va Maşaripovning öynamasdigi haqida
JÇ-2026 hal qiluvçi saralaş bosqiç 7-turi doirasidagi Özbekiston – Qirğiziston (1:0) uçraşuvidan keyin Temur Kapadze va uçraşuvning eng yaxşi öyinçisi Hojiakbar Alijonov matbuot anjumanida iştirok etib, öyin borasidagi fikrlari bilan örtoqlaşdi.
- Xalqimizni bugungi ğalaba va Navröz bayrami bilan tabriklayman. Bugun yaxşiroq, çiroyliroq yutişimiz mumkin edi, ammo muhimi ğalaba. Qirğiziston ham yaxşi öynadi, himoyalandi. Ular aytarli vaziyat yaratgani yöq.
- Jaloliddin Maşaripov sariq kartoçka olsa öynamasligini bilardi, ammo köpçilik qörqqanidek simulyatsiya uçun ogohlantirilib, Eronga qarşi öynamaydigan böldi. Eron futbolini yaxşi biladiganlardan Oston Örunovning ham holati ham yaxşi emas. Erondagi muhim uçraşuv oldidan bu vaziyatdan qanday çiqib ketmoqçisiz?
- Aliqulov jarohat oldi, keyin Örunov tayyor bölmadi. Oston keldi, ammo öynay olmadi. Ha, bilardi, ammo futbolda hamma narsa bölişi mumkin. Futbol hissiyotlarga boy öyin. Bu borada ehtiyot böliş kerakligini uqtirgandik. Ammo tarkibda öyinçilarimiz bor, Jaloliddinning örnini tarkibdagi boşqa öyinçilardan biri bilan töldiramiz. Ha, Maşaripovning yöqotilişi boşoğriq böladi, ammo vaziyatdan çiqib keta olamiz.








