SSV: O‘zbekistonda tez tibbiy yordam tizimiga 2800ga yaqin maxsus avtomobil jalb qilingan
2020 yilda O‘zbekistonda «103» xizmatiga dori-darmon uchun 75 milliard so‘mdan ortiq mablag‘ ajratilgan. Hozirda har bir chaqiriq vaqtida dori-darmon uchun minimal xarajatlar miqdori 5000 so‘mni tashkil etmoqda.

«Ma'lumki, tibbiyoti taraqqiy etgan aksariyat mamlakatlarda aholiga tez va shoshilinch tibbiy xizmat ko‘rsatish tizimida ham pullik xizmat yoki tibbiy sug‘urtadan foydalaniladi. Mamlakatimizda esa shoshilinch va tez tibbiy yordam tizimi davlat budjeti tomonidan to‘liq moliyalashtiriladi.
Keyingi yillarda bu xizmatni moliyalashtirish hajmi ortib bormoqda. Jumladan, 2019 yilda «103» xizmatiga dori-darmon uchun 26 milliard 580 million so‘mdan ortiq mablag‘ ajratilgan bo‘lsa, 2020 yilda bu ko‘rsatkich 75 milliard 387 million so‘mdan ziyodni tashkil etdi.
Hozirda har bir chaqiriq vaqtida dori-darmon uchun minimal xarajatlar 5000 so‘m miqdorida belgilandi. Taqqoslash uchun aytish mumkinki, bu ko‘rsatkich 2016 yilda 748 so‘mni, 2017 yilda 1627 so‘mni tashkil etardi.
So‘nggi yillarda davlat budjetidan soha uchun ixtisoslashtirilgan avtotransport xarid qilish va hududlarning ushbu texnikaga bo‘lgan ehtiyojini qoplashga ham katta e'tibor qaratilmoqda.
Jumladan, 2019 yilda tez tibbiy xizmatda ixtisoslashgan zamonaviy avtotransportlar soni 2403tani tashkil qilgan bo‘lsa, joriy yilda ularning soni 2746taga yetdi.
Bu avtotransport vositalarining aksariyati sun'iy nafas berish, EKG apparatlari, mexanik so‘rg‘ich, defibrillyator, immobilizatsiya shinalari bilan ta'minlangan.
Shuningdek, mamlakatimiz bo‘ylab «tez yordam» xizmatining ratsiya aloqasi, telefon va planshet bilan ta'minlanish darajasi ham oshib bormoqda. Ayniqsa, barcha «tez yordam» mashinalarida qulay aloqani, chaqiriqlar uchun mashinani tezkor yo‘naltirishni ta'minlovchi GPS tizimini yo‘lga qo‘yishga ham alohida e'tibor berilmoqda.
Endilikda yurtimizda har 13 ming aholiga bitta maxsus tez yordam mashinasi xizmat ko‘rsatadi. Bu borada rivojlangan davlatlar tajribasini kuzatsak, ularda 20-25 ming kishiga bitta maxsus avtotransport vositasi to‘g‘ri keladi», deyiladi Sog‘liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabarida.
Tavsiya etamiz
Qimmatga tushgan liposaksiya: blogerni kimlar operatsiya qildi?
Jamiyat | 19:22 / 04.04.2025
NYT Germaniyadagi «urush ofisi» haqida surishtiruv e’lon qildi
Jahon | 15:18 / 04.04.2025
Minbardagi 25 soat: senator Buker nega bunday qildi?
Jahon | 22:47 / 03.04.2025
O‘zbekistonning 9 ta viloyatida sel xavfi e’lon qilindi
O‘zbekiston | 22:24 / 03.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Neyrotarmoq Vena universitetiga qabul qilindi
Fan-texnika | 23:31 / 05.04.2025
-
Yevropa bilan sheriklik, bekor qilingan xususiylashtirish va Leapmotor'ga taqiq - hafta dayjesti
O‘zbekiston | 22:59 / 05.04.2025
-
AQSh harbiy-dengiz kuchlari yangi atom suvosti kemasiga ega bo‘ldi
Jahon | 22:38 / 05.04.2025
-
Toshkentda Parlamentlararo ittifoq assambleyasi ish boshladi
O‘zbekiston | 22:34 / 05.04.2025
Mavzuga oid

18:53 / 30.07.2024
Maktab o‘quvchilari va bog‘cha tarbiyalanuvchilarining to‘rtdan bir qismida turli kasalliklar aniqlandi

11:28 / 22.07.2024
Nikohlanuvchilar qanday tibbiy ko‘riklardan o‘tishi kerak?

17:25 / 20.07.2024
Dunyo bo‘ylab vabo tarqalish xavfi juda yuqori baholanmoqda

19:59 / 09.07.2024