Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toyota koronavirus sababli Britaniya va Fransiyadagi zavodlarini to‘xtatishga qaror qildi
Yaponiyaning Toyota Motor avtomobilsozlik kompaniyasi koronavirusning yangi shtammi tarqalayotgani bilan bog‘liq holda Britaniyadagi 2ta va Fransiyadagi bitta zavodi ishini to‘xtatishga qaror qildi. NHK telekanalining xabar berishicha, ushbu zavodlar ishchilari muddatdan avval Rojdestvo ta'tiliga chiqarilgan.
Zavodlar birinchi navbatda tayyor mahsulotni jo‘natishga va detallar bilan ta'minlashga jiddiy ta'sir ko‘rsatuvchi transport muammolari sababli to‘xtatilmoqda. Jumladan, Britaniya va Fransiyani bog‘lovchi La-Mansh bo‘g‘ozi ostidagi tunneldan poyezd va avtomobillar qatnovi to‘xtatilgan. Ta'kidlanishicha, bu Toyota Motor korxonalari ishiga jiddiy ta'sir ko‘rsatgan.
14 dekabrda Britaniya sog‘liqni saqlash vaziri Mett Xenkok mamlakatda koronavirusning yangi shtammi aniqlangani, u mavjud shtammlardan ko‘ra tezroq tarqalishini ma'lum qilgandi. 19 dekabrdagi matbuot anjumanida Britaniya bosh vaziri Boris Jonson koronavirusning yangi shtammi 70 foizga yuqumliroq bo‘lishi mumkinligini aytgan.
Mavzuga oid
15:20 / 13.06.2026
Eski sandiqdan topilgan britancha surat: Dulsi xonim izlagan Boqijon Akramov Buxoro va Qashqadaryodan topildi
18:45 / 12.06.2026
Kundalik sayohat uchun eng yaxshi avtomobil nomi e’lon qilindi
18:54 / 05.06.2026
Dunyodagi eng mashhur 10 ta avtomobil brendi nomi e’lon qilindi
09:31 / 28.03.2026