Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ispaniya va Xorvatiyada shaharlararo harakatlanish taqiqlandi
Ispaniya va Xorvatiyada koronavirusga chalinish holatlari ko‘paygani sababli 23 dekabrdan mamlakat ichida hududlararo harakatlanish taqiqlanadi.
Xorvatiyada taqiqlov 8 yanvargacha davom etadi. Ishi yoki kechiktirib bo‘lmaydigan ishlar bo‘yicha boshqa shaharlarga boruvchilarga maxsus ruxsatnomalar beriladi. Hukumat shaharlararo harakatlanishni cheklashdan tashqari, uylarda 10 kishidan ko‘proq bo‘lib tadbir o‘tkazishga taqiqlov kiritdi. Shu bilan birga, mamlakatda ommaviy tadbirlar o‘tkazish taqiqlanmaydi.
Hududlararo harakatlanishga cheklovlar, shuningdek, Ispaniyada kiritilmoqda. Ular 23 dekabrdan 6 yanvargacha davom etadi. Biroq hududlar ushbu qoidalarni o‘zlari uchun moslashtirishlari mumkin.
Avvalroq koronavirus tarqalishiga qarshi cheklovlar Germaniyada kiritilgandi. Ushbu davlatda 16 dekabrdan 10 yanvargacha oziq-ovqat do‘konlaridan tashqari barcha do‘konlar ishlamaydi. Shuningdek, sartaroshxonalar, massaj va kosmetik salonlar yopiladi. Shu bilan birga, banklar, dorixonalar, pochta bo‘limlari, AYoQSh, avtomobillarni ta'mirlash ustaxonalari ishlashda davom etadi.
Mavzuga oid
10:18 / 28.01.2026
Ispaniya 500 minggacha noqonuniy muhojirni legallashtiradi
09:32 / 28.01.2026
Ispaniya Rossiyaning “soya floti” tankerini qo‘lga olmadi
21:16 / 24.01.2026
Ispaniyada yo‘qolib qolgan mushuk besh oyda 250 kilometr yo‘l bosib uyiga qaytdi
12:34 / 23.01.2026