Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“Trastbank" xususiy aksiyadorlik banki va Avstriyaning Raiffeisen Bank International AG banki o‘rtasida kelishuv imzolandi
Mamlakatimiz Prezidentining 2017 yil 20 dekabrdagi “Xalqaro va xorijiy moliya institutlari bilan hamkorlikning samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3439-sonli qarori ijrosini ta'minlash maqsadida, “Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki uzoq yillar davomida xorijiy banklar va xalqaro moliya institutlari bilan hamkorlik aloqalarini kengaytirish va ularni mustahkamlash bo‘yicha faol ishlarni amalga oshirmoqda.
Jumladan, yil yakunida mazkur sohada erishilgan yana bir yutuq – “Trastbank” va Avstriyaning Raiffeisen Bank International AG banki o‘rtasida 30 mln. Yevro miqdorida Bosh kelishuvining imzolanishi bo‘ldi.
Avstriyaning eng yirik banklaridan biri va bank xizmatlarining faol xalqaro poydevori sanalgan Raiffeisen Bank International AG banki “Trastbank” xususiy aksiyadorlik bankining muhim strategik sheriklaridan biri hisoblanadi. Banklar korrespondentlik aloqalari, savdo-moliya va g‘aznachilik kabi sohalarda uzoq muddatli hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘ygan.
Tomonlar o‘rtasida imzolangan yangi kelishuv banklararo muloqotni kengaytirish bilan birga, Yevropa mamlakatlarining milliy eksport kredit agentliklari ishtirokida uzoq muddatli investitsiya loyihalarini moliyalashtirishga ham imkon beradi.
Bugungi kunda “Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki yuqori moliyaviy ko‘rsatkichlarga ega bo‘lgan O‘zbekistondagi yetakchi xususiy banklardan biri hisoblanadi.
Murojaat uchun: Call- markaz: (+998 78) 140-00-88
Veb-sayt: www.trustbank.uz
Telegram: t.me/trustbankuz
Feysbuk: www.facebook.com/trustbank.uz
Instagram: www.instagram.com/trustbank_uz/?hl=ru
"Trastbank" matbuot xizmati
Mavzuga oid
11:00 / 27.05.2026
Trastbank bosh sovrini “Lixiang Li 7” avtomobili bo‘lgan aksiya sovrindorlarini aniqladi
12:00 / 08.04.2026
Islomiy moliya: "Trastbank" XAB – ilk qadam qo‘yganlardan
10:00 / 31.07.2024
Trastbankdan aksiya: qancha ko‘p ish o‘rni yaratsangiz, shuncha ko‘p imtiyozga ega bo‘lasiz!
19:00 / 26.06.2024