Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qamchiq dovonida avtotransport vositalari parametrlarini nazorat qilish punktlari ish boshladi
Qamchiq dovonida avtotransport vositalarining vazn va hajm parametrlarini nazorat qilish punktlari ish boshladi. Bu haqda Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi matbuot xizmati xabar qildi.
Qayd etilishicha, Vazirlar Mahkamasining “Transport vositalarining vazn va hajm parametrlarini nazorat qilishni joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida transport vositalari vazn va hajm parametrlarini nazorat qilish turg‘un (statsionar) va ko‘chma punktlarini qurish hamda jihozlash ishlarini amalga oshirish belgilangan.
Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi ma'lumotiga ko‘ra, A373 “M39 avtoyo‘li - Guliston - Bo‘ka - Angren - Qo‘qon va Andijon orqali - O‘sh” xalqaro ahamiyatga molik avtomobil yo‘lining Qamchiq dovonidagi 193- va 273-kilometrlarida joylashgan og‘ir yuk tashuvchi avtotransport vositalarining vazn va hajm parametrlarini nazorat qilish punktlari avtomobil yo‘lidagi ta'mirlash ishlari yakuniga yetkazilgandan so‘ng yana o‘z faoliyatini boshladi.
Mavzuga oid
08:46 / 18.05.2026
Qamchiqda tog‘da adashgan 7 nafar fuqaro qutqarib qolindi
18:30 / 28.04.2026
Qamchiq dovonida sotuvchini miltiq bilan jarohatlagan erkak 4 yildan ko‘proqqa qamaldi
21:09 / 11.04.2026
«Qamchiq» dovonida yuk mashinasi yonib ketdi
09:23 / 24.03.2026