16:30 / 27.12.2020
4154

Toshkentda sport tibbiyoti xodimlari o‘rtasida sport musobaqasi o‘tkazildi

O‘zbekiston prezidentining shu yil 30 oktyabrdagi «Cog‘lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmoni ijrosini ta'minlash maqsadida, 26 dekabr kuni Milliy olimpiya qo‘mitasining amaliy ko‘magida tadbir o‘tkazildi.

Musobaqada Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazi , federatsiyalar, bolalar va o‘smirlar sport maktabi shifokor-massajist va o‘rta tibbiy xodimlari hamda psixolog va diyetologlardan shakllantirilgan 4ta jamoa ishtirok etdi.

Tibbiyot xodimlari sportning stol tennisi, mini futbol va badminton turlari bo‘yicha, shuningdek malakaviy savol-javoblar (birinchi tez tibbiy yordamni ko‘rsatish) asosida ham bellashdi.

Jamoalar «Sport med», «Yoshlik», «Optimistlar» va Toshkent jamoalari nomi bilan qatnashdi.

Marosim ochilishi yurtimiz madhiyasi sadolari ostida boshlandi. Dastlabki musobaqa – mini futbol turniri Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazi rahbari Sadikov Abdushukur Abdujamilovich boshchiligida boshlandi.

Tadbir so‘ngida Milliy olimpiya qo‘mitasi prezidenti Rustam Shoabdurahmonov va MOQ vitse-prezidenti Aziz Komilov so‘zga chiqib musobaqa g‘oliblarini esdalik sovg‘alari bilan taqdirladi.

Yakunda jamoa a'zolari dasturxonga taklif etildi.

Reklama huquqi asosida

Top