Prezidentning «Aholini sifatli dori vositalari va tibbiy buyumlar bilan ta’minlaş yuzasidan qöşimça çora-tadbirlar töğrisida»gi qarori qabul qilindi.  

2023 yil 1 yanvardan boşlab tasdiqlangan röyxatda belgilangan dori vositalaridan taşqari barça yangi dori vositalari işlab çiqariş şaroitlari «Zarur işlab çiqariş amaliyoti – GMP» talablariga muvofiqligi örganilganidan söng klinik tadqiqotlar ijobiy natijasi asosida davlat röyxatidan ötkaziladi.

Bunda alohida dori vositalarini klinik tadqiqotlarsiz davlat röyxatidan ötkaziş Soğliqni saqlaş vazirligi tomonidan belgilangan tartibga muvofiq amalga oşiriladi. Quyidagilar bekor qilinadi:

  • retsepsiz beriladigan dori vositalari röyxatini Soğliqni saqlaş vazirligi tomonidan tasdiqlaş. Bunda dori vositalari retsept böyiça va retsepsiz berilişi ular tibbiyotda qöllanilişiga doir yöriqnomalarda belgilangan tartibda amalga oşiriladi;
  • dori moddalarini (substansiyalarni) davlat röyxatidan ötkaziş;
  • Özbekistondan taşqarida amalga oşirilgan dori vositalari röyxatdan ötkaziş natijalarini tan olişda standart namunalarini talab etiş.

Davlat tibbiy suğurtasi jamğarmasi orqali moliyalaştiriladigan respublika darajasidagi davlat şifoxonalarida bemorlarni dori vositalari va tibbiy buyumlar bilan ta’minlaş şifoxona orqali amalga oşiriladi.

Aholini sifatli dori vositalari bilan ta’minlaş yuzasidan çora-tadbirlarni amalga oşiriş böyiça «yöl xaritasi» tasdiqlandi. 2023 yil 1 iyuldan boşlab referent narxlari qayd etilmagan yoki qayd etilgan narxdan yuqori bölgan dori vositalarini sertifikatlaştiriş taqiqlanadi.

Dori vositalari çakana savdosida jamoatçilik nazoratini joriy etiş maqsadida 2023 yil 1 maydan boşlab: 

  • jismoniy şaxslar tomonidan sotib olingan dori vositalari uçun dorixonalar tomonidan taqdim etiladigan xarid çeki fiskal belgisi matritsali ştrix kod (QR-kod) yordamida skanerlaş orqali soliq organlari maxsus mobil ilovasida röyxatdan ötkazilganda dori vositalari narxlari Farmatsevtika tarmoğini rivojlantiriş agentligi axborot tizimidagi dori vositalari çakana referent narxlari bilan avtomatik tarzda soliştiriladi;
  • matritsali ştrix kod (QR-kod) yordamida skanerlaş natijasida dori vositalari çakana narxlariga belgilangan ustamalar oşirib qöllanilgani aniqlangan taqdirda, tegişli çora köriş uçun bu haqida iste’molçilar huquqlarini himoya qiliş uçun maxsus vakolat berilgan davlat organiga avtomatik ravişda xabar yuboriladi;