Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
2021 yilda Sanitariya va epidemiologiya xizmatiga laboratoriyalar tashkil qilish uchun 200 mln dollar ajratiladi
Prezident Shavkat Mirziyoyev parlamentga murojaati davomida 2021 yilda tibbiyot sohasida alohida e'tibor qaratiladigan ustuvor vazifalar haqida gapirib o‘tdi.
«Birinchidan, kelgusi yilda koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashni tizimli ravishda davom ettirish eng muhim vazifalarimizdan biri bo‘ladi. Buning uchun davlat budjetida 3 trillion so‘m zaxira shakllantirildi. Ushbu mablag‘lar hisobidan albatta aholini koronavirusga qarshi emlash tadbirlari ham amalga oshiriladi.
Sanitariya va epidemiologiya xizmati sifatini oshirish, uning moddiy texnik bazasini yaxshilash va zamonaviy laboratoriyalar tashkil etishga 200 million dollar yo‘naltiriladi.
Pandemiya saboqlaridan kelib chiqqan holda tibbiyot sohasini raqamlashtirish yanada kengaytiriladi. Jumladan, barcha tibbiyot muassasalarida masofaviy xizmatlarni ko‘paytirish, poliklinika va kasalxonalarni elektron ish yuritishga o‘tkazish choralari ko‘riladi.
Shuningdek, respublika ixtisoslashgan markazlari va ularning filiallari o‘rtasida telemeditsina yo‘lga qo‘yilib, diagnostika va davolash uchun joylardagi imkoniyatlar yanada kengaytiriladi», deya ta'kidladi prezident.
Mavzuga oid
18:09 / 01.07.2026
Shavkat Mirziyoyev davlat tashrifi bilan Gurjistonda bo‘ladi
17:46 / 01.07.2026
Xonobod, Angren va Termiz transport-logistika sohasiga ixtisoslashtiriladi
14:02 / 30.06.2026
Prezident futbolchilarni qo‘llab-quvvatlashga chaqirdi
13:45 / 30.06.2026