Buxoro şahridan Gazli hududiga yetib borgunça yengil maşinada qariyb ikki soat yöl yurasiz. Tört tomon ham çöl, qum barxanlari bilan öralgan. Suv yöq; saksovulzor, yulğunzor, xolos. Qaqragan yalangliklarga qarab, bu joylarda nega yurganingizga hayron qolasiz. Tabiiyki, yozi ham, qişi ham öziga xos böladi bu hududlarning.

24–25 dekabr kunlari «Özbekneftgaz» aksiyadorlik jamiyati tomonidan Buxoro viloyatiga press-tur taşkil qilindi. Tadbir davomida jurnalistlar Gazli neft va gaz qazib çiqariş boşqarmasi tabiiy gaz qazib oliş konlari faoliyati bilan tanişdilar.

Safar Bahouddin Naqşband majmuasidan boşlandi. Xatmi Qur’on qilindi.

Ommaviy axborot vositalari vakillari gaz qazib olişni oşiriş, qazib oliş miqdorini nazorat qiliş va tezkor qarorlar qabul qiliş uçun taşkil etilgan Uçqir konidagi uglevodorod qazib çiqariş ştabiga yetib bordi.

Ştab ham çölning örtasida, hududda undan boşqa obekt, aholi yaşaş punkti yöq, faqat soha egalari. Öşa joydan neft va gaz konlari tomon yöltanlamas maşinalarda yölga çiqiladi.

Ma’lumot örnida aytiş lozim, «Özbekneftgaz» aksiyadorlik jamiyatining Gazli neft gaz qazib çiqariş boşqarmasi tasarrufida 29 ta neft va gaz konlari mavjud. Şundan 22 ta kondan sanoat miqyosida tabiiy gaz qazib olinmoqda. Qolgan 7 ta konda geologik qidiruv va jihozlaş işlari davom etyapti. Uşbu konlarda 228 ta işlatiş quduqlaridan bir kunda 12,5 mln m3 gaz va 140 tonna gaz kondensati qazib olinadi.

Geologik qidiruv işlari tugatilgan va bugungi kunda sinov tariqasida işlatilayotgan konlardan biri «Andakli» koni hisoblanib, kondan joriy yilda 81 mln kub metr tabiiy gaz va 500 tonna gaz kondensati qazib oliş rejalaştirilgan.