09:59 / 30.12.2020
11848

Moliya vazirligi departamentlaridan biriga direktor tayinlandi

Adham Eshchonov Moliya vazirligi Ta'lim, fan va madaniyat tarmoqlarida budjet siyosati departamenti direktori lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Moliya vazirligi axborot xizmati xabar bermoqda.

Adham Eshchonov 1988 yil Xorazm viloyati Urganch shahrida tug‘ilgan. Ma'lumoti oliy, 2011 yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti bakalavriati, 2013 yilda ushbu universitetning magistraturasini tamomlagan.          

Mehnat faoliyatini 2013 yilda Moliya vazirligi Ijtimoiy soha va fanni moliyalashtirish bosh boshqarmasi Oliy ta'lim va fanni moliyalashtirish bo‘limi 1-toifali iqtisodchisi sifatida boshlagan.

2016-2017 yillarda Moliya vazirligi Ijtimoiy soha va fanni moliyalashtirish bosh boshqarmasining Oliy ta'limni moliyalashtirish bo‘limi yetakchi iqtisodchisi, 2017-2018 yillarda Moliya vazirligi Ijtimoiy soha va fanni moliyalashtirish bosh boshqarmasi Umumta'lim muassasalarini moliyalashtirish bo‘limi bosh iqtisodchisi, 2018-2020 yillarda Moliya vazirligi Ijtimoiy soha va fanni moliyalashtirish bosh boshqarmasi Umumta'lim muassasalarini moliyalashtirish bo‘limi boshlig‘i, 2020-2020 yillarda Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi Inson kapitalini rivojlantirish departamenti direktori o‘rinbosari sifatida faoliyat yuritgan. 

U tayinlovga qadar Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi Innovatsion va raqamli iqtisodiyotni hamda xizmatlar sohasini rivojlantirish departamenti direktori bo‘lgan.

Top