O‘zbekiston | 07:55 / 02.01.2021
4475
1 daqiqa o‘qiladi

Uzbekistan Airways Toshkent – Dushanbe – Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha charter qatnovini amalga oshiradi 

Uzbekistan Airways aviakompaniyasi 2021 yil 5 yanvar kuni Toshkent – Dushanbe – Toshkent charter qatnovini amalga oshiradi. 

Aviakompaniya xabariga ko‘ra, charter qatnovi quyidagi jadval bo‘yicha amalga oshiriladi:

HY-3717 Toshkent – Dushanbe uchish soat 09:30da, qo‘nish soat 10:30da;
HY-3718 Dushanbe – Toshkent uchish soat 12:00da, qo‘nish soat 13:00da.

Aviachiptalarni kompaniya saytidan, Uzbekistan airways sales yoki agentlar ofislaridan sotib olish mumkinligi aytilgan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid