Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tojikiston poytaxtida elektr samokat va giroskuterda yurish taqiqlandi
Shahar hokimiyati shu tariqa yo‘l harakati xavfsizligini oshirishni istamoqda. Taqiq 2030 yilgacha amal qiladi.
Foto: Asia-Plus
Tojikiston poytaxti Dushanbe shahrida 2030 yilgacha elektr samokatlar, elektr skuterlar va boshqa shaxsiy transport vositalarida harakatlanish taqiqlandi, belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilganlari bundan mustasno. Bu haqda Tojikiston poytaxti IIBB xabar berdi.
Shaxsiy harakatlanish vositalarining (ShHV) poytaxtning avtomobil yo‘llari va piyodalar zonalarida harakatlanishi taqiqlanadi, maxsus ajratilgan joylar bundan mustasno.
Taqiq haqidagi qarorni Dushanbe xalq deputatlari kengashi qabul qildi. Shu tariqa shahar hokimiyati yo‘l harakati xavfsizligini oshirishni istamoqda. IIBB ma’lumotlariga ko‘ra, yil boshidan buyon Dushanbe shahrida elektr skuterlar va elektr samokatlar ishtirokida 26 ta YTH sodir bo‘lgan. Oqibatda uch kishi halok bo‘lgan, yana 24 kishi tan jarohati olgan.
«Tahlillar shuni ko‘rsatadiki, bunday baxtsiz hodisalarning asosiy sabablari quyidagilardir: e’tiborsizlik va yo‘l harakati qoidalari talablariga rioya qilmaslik, yuqori tezlikda harakatlanish, qarama-qarshi yo‘nalishga chiqish, voyaga yetmaganlar va o‘smirlar tomonidan elektr skuterni boshqarish», deb qayd etdi militsiya.
ShHV - bu dvigatel yordamida harakatlanish uchun mo‘ljallangan bir yoki bir nechta g‘ildiraklarga (roliklarga) ega bo‘lgan transport vositasi. ShHV tarkibiga elektr samokat va elektr skuterdan tashqari elektr skeytbord, monog‘ildirak, sigvey, giroskuter va boshqa shu kabi vositalar ham kiradi.
Mavzuga oid
20:55 / 17.02.2026
Bosh vazir Abdulla Aripov Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon bilan uchrashdi
09:57 / 17.02.2026
Ikki haftalik tanaffusdan so‘ng Imomali Rahmon yana ko‘rinish berdi
23:19 / 16.02.2026
Tojikistonda endi ijtimoiy tarmoqlardagi «layk» uchun hech kim jazolanmaydi
18:04 / 12.02.2026